Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talabalar turar joylari

  Institutda bugungi kunda 4 ta talabalar turar joylari faoliyat koʼrsatmoqda. 1-son talabalar turar joyi Dahbet koʼchasi 37 uyda, 2-son Talabalar turar joyi Dahbed koʼchasi 41 uyda, 3-son va 4-son talabalar turar joyi Gʼiyosiddin Jamshid koʼchasi 31 uyda joylashgan. Institutda 4 ta talabalar turar joylari 1300 oʼringa moʼljallangan.

  Ushbu talabalar turar joylarida institutda tahsil olayotgan talabalar, Hindiston va Pokiston Respublikalaridan kelib oʼqiyotgan talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib mazkur joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan.

Talabalar turar joylarida institut kutubxonasi filiallari tashkil qilingan boʼlib 3000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo boʼlishadi.

Turar joylarda talabalarning maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda madaniy dam olishlari uchun har qaysi qavatlarga muzlatgichlar, televizorlar qoʼyilgan va barcha xonalar yangi yumshoq va qattiq mebellar bilan taʼminlangan.

Institut 1-son talabalar turar joyida viloyat Oliy oʼquv yurtlarida yagona boʼlgan kir yuvish majmuasi faoliyat koʼrsatmoqda Talabalar turar joylarni muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimi oʼrnatilgan. Talabalar uchun barcha qavatlarda dush, kir yuvish xonalari mavjud. Qavatlarda zamonaviy kir yuvish mashinalari va oshxonalarga gaz plitalar o‘rnatildi.

Turar joylarda talabalarning dars tayyorlashlari soʼnggi modeldagi kompyut sinflari mavjud boʼlib WI-FI hamda internet tarmogʼiga ulangan.

  Talabalar turar joylarida talabalarni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishi uchun har birida alohida “Ma’naviyat xonasi” tashkil qilinib, ular tegish jihozlar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangan.

Talabalar turar joylari ma’naviyat xonalarida institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahat kengashi, fakultetlar va kafedralar tomonidan turli mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinadi.