Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiyotdagi yangi diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tadbiq qilish hamda takomillashtirishga qaratilgan. SHu bilan birga yosh avlodni raqobatbardosh ruhida etuk mutaxasis sifatida jahon andozalariga mos ravishda tayyorlashga yo‘naltirilgan. Shuningdek zamonoviy tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda yangi operatsiyalarni kashf etish hamda organ ko’chirib o’tkazish operasiyalarini bajarish keng yo’lga qo’yilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ko‘p tarmoqli  klinikasi  ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 3 nafar xodim mustaqil tadqiqotchilik (Sulaymanov S.O’., Nazarov Z.N., va Egamberdiyev A.A.) bilan shug’ullanmoqdalar. Kafedraning barcha xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan.

  Kafedraning asosiy ilmiy yo'nalishi: gepotobilar tizim, qorin old devori churralarida laparaskopik gernioplastika operatsiyalari, qalqonsimon bez kasallikalri hamda jigar va buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari takomillashtirilmoqda.

  Davolash fakulteti 1-son xirurgik kasalliklar va transplantologoya kafedrasi professor-o'qituvchilarining tadqiqotlari va nashrlari haqida ma'lumot.

  Kafedrada  ilmiy salohiyat - 50%.

  Uch yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 500 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etildi shulardan 180 dan ortig’i chet el jo’rnallarida nashr etilgan. Shuningdek xirurgik kasalliklarga oid 4 ta darslik, 8 ta monografiya chop etilgan  va 30ga yaqin EXM dastur nashr etildi.