Maxmudova Xurshida Irgashevna
biologiya fanlari nomzodi, dotsent
| Qabul vaqti: | Seshanba, payshanba 14:00 - 16:00 |
| Tel: | +998 66 232 19 18 |
| Faks: | +998 66 232 19 18 |
| E-mail: | sammi_al@umail.uz |
| Manzil: | Samarqand sh. Voxid Abdullayev ko'chasi, 14 |
Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi (SamDTI qoshidagi 1-son akademik litsey) poydevori dastlab 2004-2005 o`quv yilida qoʻyilgan bʻolib, 21 yillik tarixiy yoʻlni bosib oʻtdi. Akademik litsey Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2004-yil 27-sentabrdagi 198-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilgan boʻlib, 2004-2005-oʻquv yilidan Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey nomi bilan ish boshlagan va litsey direktori vazifasini vaqtincha SamDTI litsey internat direktori k.f.d, prof. M.D.Davronov bajargan. Shundan soʻng 2005-2007-yillarda k.f.n A.Raximberdiyev, 2007-2010-yillarda E.A.Safayeva, 2010-2019-yillarda k.f.n M.U.Djalilovlar akademik litsey direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Akademik litsey 2017-yilga qadar Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-son akademik litsey nomi ostida faoliyat olib borgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlari maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 2-oktabrdagi № 583-sonli buyrug‘i asosida akademik litsey Samarqand davlat tibbiyot instituti tasarrufiga oʻtkazildi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori prof. A.M.Shamsiyev tomonidan 2019-yil 8-aprelda akademik litseyning oʻquv, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy ishlarini yanada yaxshilash maqsadida institutning “Tibbiy biologiya va genetika” kafedrasi mudiri b.f.n, dots. X.I.Maxmudova akademik litsey direktori etib tayinlandi.
2022-yil aprel oyidan Samarqand davlat tibbiyot institutiga universitet maqomi berildi va shundan boshlab “Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi” nomi bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
SamDTU akademik litseyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2005-yil 8-sentyabrdagi 3/15-4/1-7927 son xati bilan ijroga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasining 2025- yil 3-sentyabrdagi 02-03/1256 sonli xatiijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida "Xon atlas" festivali hamda Oila, mahalla va taʼlim maskani oyligi doirasida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. "Xon atlas" festivalini xalqimizning ming yillik oʻtmishi, urf-odatlari, didi, estetik qarashlarini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida oʻtkazish an’anaga aylanib bormoqda. Tadbirda Samarqand shahar hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlarbo‘limiboshligʻiR.T.Toshniyozova, “Joyi chuqur” mahallasi xotin-qizlar faoli G.Normurodova, akademik litsey direktori X.I.Maxmudova, litsey professor-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi qizlari ishtirok etdi.
OʻQUV VA OʻQUV-METODIK ISHLARI
Oʻqitish har bir kurs va yoʻnalish uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar boʻyicha olib boriladi:
-Klassifokatsion xarakteristika;
- Davlat ta’lim standarti;
-Namunaviy oʻquv dasturi;
-Ishchi o’quv dasturi;
-tasdiqlangan tashxis standartlari;
-zamonaviy ta’lim texnologyalari (grafik organayzerlar keys texnologiya va proyekt usuli)
O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ4910-sonli qaroriga asosan akademik litsey o’quvchilariga har semestr yakunida “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi ta’sis etiladi.
Akademik litseyni bitirgan oʻquvchilarga akademik litsey diplomi va “Kimyo laboranti” kichik mutaxassisligi sertifikati beriladi.

Oʻqitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud: Akademik litseyda barcha kompyuterlar internetga ulangan, 10 ga yaqin WI-FI zonalari tashkil etilgan. Oʻquv xonalari zamonaviy SMART TVlar bilan jihozlangan. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multemediya dasturlari, nazariy va amaliy mashgulotlar olib borish uchun oʻquv materiallari toʻplami mavjud. Oʻquv jarayonlarini bashqarish axborot tizimi https://prof-emis.edu.uz/ barcha kurs va guruhlarda joriy etilgan. Oʻqituvchilar tomonidan muntazam yuritib kelinmoqda.
Akademik litsey kutubxonasi:Akademik litsey kutubxonasida oʻzbek va rus tillarida 13000 ta oʻquv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darsliklar atlaslar, oʻquv va oquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.


O’quvchi
yoshlar turar joyi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyida 200 oʻrinli oʻquvchi yoshlar turar joyi mavjud. Oʻquvchi yoshlar turar joyi hozirgi kun talablariga javob bera oladigan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.
