Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Moskva davlat universiteti örtasida ilmiy-akademik hamkorlik kengaytiriladi
2026-yil 29–30-oktabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida bölib ötgan V xalqaro “Çegarasiz hamkorlik” forumi doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Alimjonoviç Rizayev hamda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Tibbiyot ilmiy-ta’lim instituti direktori Mariya Vladimirovna Vorontsova örtasida ikki tomonlama muzokaralar ötkazildi.
Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida tibbiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik aloqalarni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilinib, hamkorlikni uçta ustuvor yönalişda davom ettiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Jumladan, professor-öqituvçilar va talabalar örtasida akademik mobillik dasturlarini kengaytiriş, ilmiy tadqiqotlar sohasida özaro hamkorlikni rivojlantiriş hamda qöşma xalqaro grant loyihalarini işlab çiqiş, şuningdek, xalqaro ilmiy forumlar, simpoziumlar va konferensiyalarni hamkorlikda taşkil etiş asosiy vazifalar sifatida belgilandi.
Uçraşuvda yoş olimlarning ilmiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy tibbiyot talablariga javob beradigan yuqori malakali şifokorlarni tayyorlaş va ilğor ta’lim tajribalarini özaro almaşiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Double Degree va Joint Degree dasturlari asosida ikki diplomli hamda qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur kelişuvlar Samarqand davlat tibbiyot universitetining xalqaro akademik hamkorlik geografiyasini kengaytiriş, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlaş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda raqobatbardoş tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.
SamDTU Matbuot xizmati