Ilmiy to'garak
SamDTU 1-son xirurgik kasalliklar va transplantalogiya kefedrasi “Yosh Xirurglar” nomli talabalar ilmiy tugaragi 20 nafar talaba a’zo qilib olindi va ularning barchasi ilmiy izlanishlarda qatnashdi.
Ilmiy izlanishlar olib borishda kafedra xodimlarining barchasi talabalarga yaqindan yordam berishdi. 20 nafar TIT qatnashchilariga ilmiy yo’nalishlar belgilangan bo’lib, ilmiy rahbarlar yordamida faoliyat olib borildi. Ilmiy faoliyat yuritishda quyidagi ustozlar: kafedra mudiri prof. Kurbaniyazov Z.B. assistentlar: Sayinayev F.K., Arziyev I.A., Yuldashov P.A., Nazarov Z.N., Sulaymonov S.U., Anarboyev S.A., Nasimov A.M., Baratov M.B., G’ozibekov J.I., Egamberdiyev A.A., Nasimov Sh.N., Mardonov B.A., Mamanov M.Ch., Salohiddinov J.S. lar yaqindan yordam berishdi.



TIT a’zolari tomonidan 66ta ilmiy ishlar nashrlangan bo’lib undan Respublika miqyosida 60ta, xorijda 6ta maqola va tezislardir. Barcha chop etilgan maqolalarga sertifikat va diplomlar berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Ta’lim Vazirligi hamda hamdo’stlik davlatlarida tashlik qilinayotgan xalqaro olimpiadalarda TIT a’zolari faol ishtirok etib sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan, Respublika olimpiadalarida 2 nafar talabalar faxrli o’rinlarni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, BuxDTI va SamDTU tomonidan tashkil qilingan xalqaro olimpiadalarda egallashgan.
SamDTU o’tkazgan xalqaro olimpiadada kafedramiz o’qituvchilari rahbarligida iqtidorli talabalar qatnashdi. Shulardan 1 nafari 2-o’rinni va 3 nafari nominatsiya oldi.
O’quv yili davomida SamDTU 1-son xirurgik kasalliklar va transplantalogiya kefedrasi TIT a’zolari 20 marta xalqaro va Respublika konferensiyalarida ishtirok etdi. TIT a’zolarining 3 nafari 2025-2026 o’quv yili davomida Rektor stipendiyasi sohibi bo’ldi.