Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


    Ashrapov Axmat Asadovich

    Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnkum direktori

    Qabul vaqti: Shanba - Payshanba: 14:00 - 17:00
    Tel:

    +998 (98) 772 74 04

    E-mail: pastdarg’om jst@mail.ru,
    Manzil: Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani, Olmazor MFY

    TARIXI


      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2005 yil Pastdarg’om tibbiyot kolleji tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali qayta Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi bilan qayta tashkil qilindi. Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi manzili Pastdarg’om tumani Olmazor MFY. Egalik huquqini beradigan kadastr xujjatlari mavjud. Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 1 ta bino 3 qavatdan iborat, ta’lim muassasasi 720 loyixa quvvatiga ega, hozirda foydalanish holati yaxshi, nazariy va amaliy o‘quv xonalari soni 66 tani tashkil etadi.


    MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI


      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi asosiy faoliyatlardan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) bo’lishni, sog’lom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni texnikumning ommaviy - madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun texnikumda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular o’z faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, turli xil fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport to‘garaklari tashkil etilgan.


    O’QUV VA O’QUV-METODIK ISHLARI


      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o’qitishda har bir kurs va yo‘nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha jarayonlar olib boriladi:

    • Davlat ta'lim standarti;
    • Namunaviy o’quv dasturi;
    • Ishchi o’quv dasturi;
    • Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
    • zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 2 ta “Mutaxassislik fanlar”kafedra mudiri katta o‘qituvchi toifasiga ega, Mutaxassislik fanlar-2 kafedrasi mudiri katta o‘qituvchi toifasiga egao‘qituvchilar faoliyat olib barayapdi.

      Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroki taminlangan va ularda yaxshi natijalarga erishilgan.

      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi AKTni qo‘llagan holda zamonaviy o‘qitish usullaridan foydlanishda 11 ta xonaga televizor 12 tao‘quv xonalaridakompyuterlar mavjud bo‘lib va 2 ta kompyuter sinf xonasi tashkil qilingan, ularda 15 tadan kompyuterlar bilan jixozlangan ularning barchasi shisha tolaliinternet tarmog‘iga ulangan. Bu AKT jixozlaridan dars jarayonlarida va o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida muntazam foydalanadilar. O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan o’qitish materiallar to‘plamlaridagi vizual didaktik materiallar uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ARM kutubxonasi ham 16 ta kompyuterlar bilan jixozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Bu kompyuterlar Samarqand Davlat tibbiyot Universitetining virtual kutubxonasiga ulangan. Bulardan o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz doimiy ravshda foydalanadilar.


    TALABALAR ILMIY JAMIYATI


      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ilmiy saloxiyatini yaxshilash maqsadida ilmiy kengash tashkil qilingan. O‘quvchi va o‘qituvchilarni uztoz-shogirt an’anasi bo‘yicha biriktirilgan. Bu kengashda turli xil tadbirlar tashkil qilingan. Xozirgi kunda texnikumning o‘quvchilari tuman, viloyatdagi turli musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda

      Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Samarqand tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy –amaliy ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yishi samarali natijalar bermoqda,jumladan Samarqand tibbiyot ilmiy –amaliy konferensiyada faol qatnashib yaxshi natijalarga erishdilar.