Texnikum direktori: Shukurov Xikmatulla Izatovich
| Qabul vaqti: |
Dushanba-shanba 09:00-17:00 |
| Tel: |
+998 (99) 723 67 87 |
| E-mail: | k.texnikum@mail.ru |
| Manzil: |
Kattaqo‘rg‘on shahar, Umar Xayyom ko‘chasi, 221 uy |
TARIXI

Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi sobiq Ministrlar Sovetining 1966 yil 6 maydagi 1001-R sonli farmoyishi asosida, 1966 yil 26 iyuldan avvalgi maktab internat binosida tashkil etilgan. Dastlab «Hamshiralik ishi» mutahassisligi bo`yicha 60 ta O`quvchi qabul qilingan. Keyinchalik «Doyalik», «Bolalar muassasi hamshirasi», «Stomatologiya ishi», «Farmatsiya ishi» yo`nalishlari bo`yicha bo‘limlar ochilib, bugungi kungacha juda ko‘plab o`rta ma`lumotli tibbiyot hodimlarini yetishtirib bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyundagi «O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tuzilmasini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 7-son kasb-hunar maktabi binosi rekonstruksiyadan chiqarilib, Samarqand viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2003 yil 30-avgustdagi 159-sonli buyrug‘i hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining 2003 yil 9-oktyabrdagi 805-K sonli qaroriga asosan tibbiyot kollejiga olib berildi va 2004 yildan boshlab 1200 urinli tibbiyot kolleji uchun foydalanishga topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida” gi PF-5812-sonli farmoniga asoasan Kattaqo`rg`on tibbiyot kollejiga Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi berildi.
Texnikumda “Hamshiralik ishi”, “Davolash ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmatsiya ishi” bo‘limlari mavjud bo‘lib ularda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 1200 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Texnikumda 3 ta o‘quv binosi. 400 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi, 300 o‘rinli oshxona hamda 100 o‘rinli qiroatxonaga ega bo‘lgan kutubxona mavjud bo‘lib, to‘liq faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, bilim yurti bitiruvchilaridan el dardiga malham bo‘layotgan qo‘li em shifokorlar, olimlarning yetishib chiqqanligi Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining nufuzini yanada oshiradi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Samarqand viloyati kardiologiya markazi vrachi Shavkat Izayev, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Samarqand viloyati travmatologiya bo`limi vrachi Nurali Eronov, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining inspektori Mayri Ganiyeva, tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent sud-tibbiyot eksperti M.A.Hasanova, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi bosh vrachi o‘rinbosari lavozimida ishlagan D.F.Nurullayeva, ginekolog vrachlar R.Xolova, N.Normurodova va M.Hamroqulovalar, vrach-pediatr X.Otaniyozova, infeksionist O.Halilov, vrach-xirurg D.O`sarov, Ingichka shaharchasi bosh vrachi lavozimida ishlagan O.X. Qobulov, AQSh da gospital hamshirasi bo‘lib ishlayotgan Dora Yunayeva, Aleksandra Axminovalar, Isroil davlatida gospital hamshirasi bo‘lib ishlayotgan Mira Katayeva va Svetlana Niyozovalar aynan Kattaqo‘rg‘on tibbiyot bilim yurtida kasb sirlarini o‘rganganlar. O‘quv yili davomida o‘quvchilarga chuqur bilim berish, ularni bugungi kun talabiga mos keladigan mutahassis qilib tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Sog‘lisni saqlash tizimini isloh qilishning Davlat dasturi» kabi hujjatlarda belgilangan vazifalarni hayotga keng tadbiq etish maqsadida texnikum o‘qituvchi-hodimlari juda ko‘p ijobiy ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Texnikumda jami bo‘lib o‘quv bazalari bilan birgalikda 139 ta o‘quv honalari mavjud. Shundan 109 tasi texnikum o‘quv binolarida, 30 ta shahar tibbiyot birlashmasida joylashgan. Bundan tashqari texnikumda 16 ta Klinik smulyatsion xonalar tashkil etilgan.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarning tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratini oshirish maqsadida texnikumda “Iqtidorli bolalar markazi” tashkil etilgan. Har bir kafedra kesimida iqtidorli bolalar ro‘yxatlari shakllantirilgan va fanlardan alohida bolalar bilan ishlash dasturlari, rejalari ishlab chiqilgan. “Iqtidorli qizlar klubi” tashkil etilgan bo‘lib, ular fan, adabiyot, ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida “Zakovat” bellashuvi, “Orasta qizlar”, “Barhayot an‘analar”, “Navro`z va qadriyatlar”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Amir Temur avlodlari” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti va Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti hamda “Rektor va yoshlar” mavzusida o‘tkazilgan tadbir yuzasidan ma’lumotlar
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ISHLARI
O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, o'quv jarayonini takomillashtirish, ta'lim muassasalarida jahon andozalari talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim sohasidagi keng ko'lamli islohotlarni yangi bosqichga ko'tardi. Shu jumladan, jamoat salomatligi texnikumlari va oliy ta' lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ular o'rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, buqungi kunda professional ta'lim muassasalarida o'quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya,, pedagoglarga bo'lgan talab va e'tibor tobora yuksalib bormoqda. Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirib borilmoqda.

O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI
O‘qitish har bir kurs va yo`nalish uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat ta`lim standarti;
– Namunaviy o’quv dasturi;
– Ishchi o’quv dasturi;
– O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2020 yil 4 sentyabrdagi 465-son buyrug’iga asosan o`qitish materiallari to`plamlari yaratilib o`quv jarayoni tadbiq etilmoqda.
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud: Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi.
Texnikum kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 34 mingdan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid yangi ma`lumotlarni olish uchun enternet tarmog`iga ulangan 8 ta komyuterlar mavjud.
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Texnikumning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.
Texnikumning barcha pedagoglari texnikum ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.
Kattaqo`g`on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog xodimlar to`g`risida
MA`LUMOT
|
№ |
Jami o`qituvchilar soni |
O`rindosh |
Asosiy |
Shundan |
|||||
|
Fan nomzodi |
BO` |
YO` |
KO` |
OMO` |
O`MMO` |
||||
|
1 |
79 |
11 |
68 |
2 |
10 |
14 |
13 |
24 |
5 |
So‘nggi 3 yil ichida texnikum pedagoglari tomonidan 20 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 6 ta darslik, 8 ta o‘quv qo'llanma, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 40 dan ortiq maqolalar nashr etilgan.