Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

2019-2020 o'quv yilidan boshlab, barcha talabalar uchun bir xil miqdordagi stipendiyalar to'lanadi

  Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

  Jadvalda (https://lex.uz/docs/-4725554) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarori 2-ilovasiga binoan stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 428 000 so‘m, bir yilda jami 5 136 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

  Misol uchun, Bakalavriatning "Davolash" ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

  Stipendiya bilan – 13 352 937 so‘m

  Stipendiyasiz –8 216 937 so‘m (13 352 937 so‘m - 5 136 000 so‘m)
Izoh: 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 428 000 so‘m etib belgilanadi.

  Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2020 yil 1 fevraldan boshlab - 679 330 so‘m etib belgilangan. (Asos: O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning PQ-4555 30.12.2019)