Daminov Feruz Asadullayevich
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Qabul vaqti: | 08:30-17:00 |
Tel: | (0366) 233 07 66 |
Fax: | (0366) 233 28 46 |
E-mail: | feruzdaminov1986@gmail.com |
Manzil: | Samarqand sh., Amir Temur k.,18 uy |
Daminov Feruz Asadullayevich 2012 yil Samarqand davlat tibbiyot institutining davolash ishi fakultetini tugatgan. 2012-2015 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutida “Хirurgiya” ixtisosligi bo‘yicha magistratura rezidenti. 2015-yildan 2022 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-xirurgik kasalliklar va urologiya kafedrasi assistenti. 2019 yildan va hozirgacha shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Saqmarqand filialida navbatchi vrach-endoskopisti. 2022 yildan-2024 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy pedagogika fakulteti dekani, 2022 yldan va h.v. Klinik laborator diagnostika va DKTF klinik laboratoriya diagnostika kursi bilan kafedrasi mudiri. 2024 yildan 2025 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti dekani. 2025 yil-h.v. Akademik litsey va jamoat salomatligini texnikumlari bilan ishlash bo'yicha prorektori
2021 yilda «Kuygan bemorlarda me’da-ichak traktining o’tkir eroziv-yallig’lanish jarohatlarini tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2024 yilda «Keksa va qari yoshdagi kuyish kasalligi bilan og'rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Daminov F.A. 160 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi, shulardan 3 ta monografiya, 5 o’quv qo‘llanma, 20 ta o’quv uslubiy qo‘llanma, 122 ta makola va tezislar, shulardan Scopus bazasida 8 ta OAK ro‘yxatidagi xorijiy jurnallarda 40 ta, OAK ro‘yxatilagi respublika jurnallarda 67 ta va 7 ta EXM dasturi mualifi. Scholar.google bo‘yicha ixtibosliklar soni 695 ta bo‘lib. Xirsh indeksi 14 ga teng.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 aperldagi PQ-4666-sonli Qarori, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-sonli Farmoyishida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlarni tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy betish, 47 ta tibiyot kollejlari negizida Abu Ali Inb Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikomlari (bundan keyin texnikumlar) tashkil etish, ularni ba`zaviy va yetakchi oliy tibbiy ta`lim muassasalariga biriktirish belgilangan. bundan ko`zlangan asosiy maqsad kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, jaxon andozalariga mos, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun dastlab oliy ta`lim muassasalarining ilmiy – pedagogic saloxiyatidan o`rta maxsus, kasb-xunar ta`limi muassasalari pedagoklarini qayta tayyorlash va ularning masakiasini oshirishda keng foydalanish edi. Buning uchun esa oliy ta`lim muassasalarining o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o`quv yurtlari bilan hamkorlik ishlarini yo`lga qo`yish, ba`zaviy va yetakchi oliy ta`lim muassasalariga ular qoshidagi akademik litseylar, tibbiyot kollejlari va jamoat salomatligi texnikumlarini (o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari) biriktirish, ularga aniq vazifalar belgilash zarur edi.
SamDTU qoshida 9 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumlari va 1 ta akademik litsey o’z faoliyati yurutib bormoqta.
1920 yil Samarqand shaxrida “Akusherlar maktabi” nomi bilan tashkil etilgan bilim yurti 1998 yil 29 iyuldagi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 372-sonli buyrug’iga asosan Samarqand tayanch tibbiyot kollejiga aylantirilgan. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2005 yil 12 iyuldagi 331-sonli buyrug’i bilan tayanch tibbiyot kolleji maqomi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4666-sonli qaroriga asosan Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 1982 yil 28-iyundagi 934-sonli buyrug’i asosida Samarqand shahrida tashkil qilingan. Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 7 ta: hamshiralik ishi, feldsher akusherlik ishi, feldsher laborantlik ishi, farmatsiya, tibbiy profilaktika ishi feldsheri yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
So‘zangaron tibbiyot kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 204-sonli qarorining birinchi bandi va 2003 yil 29 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 473-sonli qarorlariga asosan 2008 yilda tashkil etilgan.
Payariq tibbiyot kolleji 2007 yil M.V.Lamonosov nomidagi rus tilini chuqur o‘rgatishga moslashtirilgan mahsus internat-maktabi bazasida qayta rekonstruksiya qilish yo‘li bilan tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali qayta Payariq tibbiyot kolleji maqomi bilan qayta tashkil qilindi.
Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2005 yil Urgut tibbiyot kolleji tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali qayta Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi bilan qayta tashkil qilindi.
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi sobiq Ministrlar Sovetining 1966 yil 6 maydagi 1001-R sonli farmoyishi asosida, 1966 yil 26 iyuldan avvalgi maktab internat binosida tashkil etilgan. Texnikumda “Hamshiralik ishi”, “Feldsher-akusherlik ishi”, “Feldsher-laborantlik ishi”, “Tibbiy profilaktika ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmatsiya ishi” bo‘limlari mavjud bo‘lib ularda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 2000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda.
Ishtixon Abu Ali ibin Sino Nomidagi jamoat salomatligi Texnikumi dastlab bilim yurti sifatida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirining 1993 yil 7-iyuldagi №325-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan. 2020 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4666-son Qarori bilan Ishtixon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirildi. Hozirgi kunda texnikumda “Hamshiralik ishi”, “Feldsher-akusherlik ishi”, “Feldsher-laborantlik ishi”, “Tibbiy-profilaktika ishi”, “Farmatsiya”, “Stomatologiya ishi” yo`nalishlari mavjud.
Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2005 yil Pastdarg’om tibbiyot kolleji tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali qayta Pastdarg’om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi bilan qayta tashkil qilindi.
Tibbiyot texnikumi 2006 yilda tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoniga asosan Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomi berilgan. Texnikumda zamonaviy o‘quv-uslubiy va amaliy ishlanmalarga asoslangan darslar olib boriladi, ta’lim jarayoni sohaning eng yangi tendensiyalariga moslashtirilgan.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi (SamDTI qoshidagi 1-son akademik litsey) poydevori dastlab 2004-2005 o`quv yilida qoʻyilgan bʻolib, 21 yillik tarixiy yoʻlni bosib oʻtdi. Akademik litsey Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2004-yil 27-sentabrdagi 198-sonli buyrugʻiga asosan tashkil etilgan boʻlib, 2004-2005-oʻquv yilidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey nomi bilan ish boshlagan.
Akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bilan ishlash bo'yicha prorektor lavozimining majburiyatlari
- Hamkor akademil litsey, jamoat salomatligi texnikomlari va tibbiyot kollejlarini murojaatlari asosida oliy ta`lim muassasining professor o`qituvchilari, magistrantlari va aspirantlarini ushbu akademik litsey va tibbiyot kollejlarida o`rindoshlik asosida pedagogik faoliyat olib borishlarini tashkil etish;
- Oliy ta`lim muassasasining ilmiy pedagogic salohiyatidan kelib chiqib, akademik litsey, jamoat salomatligi texnikomlari va tibbiyot kollejlariga zaruriy o`quv adabiyotlarini yaratish borasida ko`maklashish;
- Oliy ta`lim muassasasi axborot-resurs markazlarida mavjud bo`lgan ananaviy va electron o`quv adabiyotlarida hamkor akademik litsey, jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari o`qituvchi va o`quvchilarning foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib berish;
- Hamkor akademik litsey, jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kolejlariga keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalarni ishga tushurish, yangi laboratoriya ishlarini yo`lga qo`yish va o`quv jarayoniga joriy etish, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarini uslubiy qo`llanma va ko`rsatmalar bilan ta`minlashda amaliy yordam ko`rsatish;
- Oliy ta`lim muassasasining ixtisoslashgan kafedralarida jamoat salomatligi texnikomlari va tibbiyot kollejlari pedagoglari va muxandis-pedagoglarigatajriba almashish va Malaka oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi va oliy ta`lim o`rtasida uzviy aloqani o`rnatish, hamkor akademik litsey, jamoat salomatligi texnikomlari va tibbiyot kollejlarida ta`lim sifatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- pedagog kadrlarni tayyorlash uchun ishlab chiqilgan davlat ta`lim standartlari, o`quv reja va dasturlarni mamlakatimiz vac het el ta`lim muassasalarida ortirilgan ijobiy tajribalar asosida takomillashtirib borishni tashkil etish;
- akademik litsey. Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari bilan rasmiylashtirilgan hamkorlik shartnomalari ijrosini nazorat qilish;
- akademik litsey jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlariga samarali ta`lim xizmatlarini ko`rsatayotgan oliy ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilarini ma`naviy va moddiy rag`batlantirishga tavsiyalar berish;
- hamkor akademik litsey, jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oliy ta`lim muassasasi kafedralari filiallarini ochish uchun takliflar tayyorlash, ularning ishini tashkil etish va nazorat qilish.