2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.
Joriy yilda jami 732 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 346 299 nafarini (47,3%) erkaklar va 386112 nafarini xotin-qizlar (52,7 %) tashkil etdi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- O‘zbek tili — 644 ming 27 nafar;
- rus tili — 71 ming 476 nafar;
- qoraqalpoq tili — 14 ming 959 nafar;
- boshqa tillar — 1 ming 949 nafar.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari kerak, to‘lov qilmaganlar abituriyentlar ro‘yxatidan chiqariladi.
Ma’lumot o‘rnida, bu yil OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Xususan:
- 2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
- 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
- 2021-yil — 948 ming 211 nafar;
- 2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
- 2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
- 2024-yil — 894 ming 279 nafar;
2025-yil — 732 ming 411 nafar abituriyent hujjat topshirdi.2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi.