
Buriev Xursankul Ganievich
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 10:00 - 12:00 |
| Tel: | +998 (88) 749 55 65 |
| Manzil: | Samarqand, Amir Temur ko'chasi, 18-uy |
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
- SamDTU yuridik xizmati – universitet faoliyatini huquqiy ta'minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me'yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim bo‘lib, SamDTUda ushbu xizmat 2 shtat – huquqshunoslik lavozimidan iborat.
- Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, universitet rektorining 2022-yil 29-apreldagi 240/AF-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat tibbiyot universitetining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish;
- Universitetning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;
- SamDTU tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ–huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
- Universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
- SamDTU xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot – kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
- Shartnomaviy–huquqiy va talabnoma–da'vo ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash.
Universitet yuriskonsulti X.Buriev ushbu lavozimda 2025-yil 19-iyuldan. Асос: 2025- yil 19-iyul kunidagi mexnat shartnomasi va Samarkand viloyati adliya Boshkarmasining 2025 yil 18-iyuldagi 20-4-11-6/11653 sonli kelishuv xati, SamDTU rektorining 487-K sonli buyrugi.