Belarusiyaning «Medbiotex» kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi
Joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Belarus Respublikasining Minsk şahrida faoliyat yurituvçi «Medbiotex» ilmiy-işlab çiqariş jamiyati direktori V.M. Gorbatskiy boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan kompaniyaning tijorat direktori Yu.D. Palatenko ham örin oldi.
Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi hamda özaro hamkorlik masal;alari muhokama qilndi.
Jumladan uçraşuv davomida travmatologiya, ortopediya, neyroxirurgiya, vertebrologiya va oftalmologiya sohalarida qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, zamonaviy implantatsiya qilinadigan tibbiy buyumlar va texnologiyalarni, jumladan, individual implantlarni klinik amaliyotga joriy etiş hamda hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlaş va innovatsion işlanmalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uçun: «Medbiotex» kompaniyasi 1993-yildan buyon tibbiy buyumlar bozorida faoliyat yuritib, travmatologiya va ortopediya, umurtqa poğonasi jarrohligi, neyroxirurgiya, oftalmologiya hamda jağ-yuz jarrohligi uçun implantatsiya qilinadigan tibbiy buyumlar va jarrohlik asbob-uskunalarini işlab çiqiş va işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
Kompaniya umurtqa poğonasining barça bölimlari uçun, jumladan, skoliozni davolaşga möljallangan spinal tizimlar, osteosintez konstruksiyalari, bolalar uçun maxsus tizimlar, kranioplastika vositalari, şuningdek, boş suyagi va köz kosasi suyaklarini rekonstruksiya qiliş uçun individual titan implantlar işlab çiqaradi.
SamDTU Matbuot xizmati