×
Menu
Close Menu

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Xo’jamurodov G’ofur Jo’raqulovich

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel:

+998 (97) 911 40 74

E-mail: sam.sttk-100@mail.ru
Manzil: Samarqand sh., Alpomish ko’ch., 11-uy

TARIXI


  1920 yil Samarqand shaxrida “Akusherlar maktabi” nomi bilan tashkil etilgan bilim yurti 1998 yil 29 iyuldagi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 372-sonli buyrug’iga asosan Samarqand tayanch tibbiyot kollejiga aylantirilgan. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2005 yil 12 iyuldagi 331-sonli buyrug’i bilan tayanch tibbiyot kolleji maqomi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4666-sonli qaroriga asosan Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2024 yildagi PF-158-son Farmoniga asosan hozirda Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi O’zbeksiton Respubliasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida hisoblanadi.  Manzili: Samarqand viloyat Samarqand shahri Alpomish ko’chasi 11-uy.   Loyiha bo’yicha quvvati 1200 o’ringa   mo’ljallangan. Hozirgi kunda Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 1675 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. 6-yo’nalish faoliyat yuritmoqda Hamshiralik ishi, Davolash ishi yo’nalishi, Farmatsiya, Stomatologiya, Funksional diagnostika ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Tibbiy radiologiya yo’nalishlari


MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI


  Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 28.02.2025 yil kunida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

  O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubiley bayrami munosabati bilan Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyat kengashi, Sog’liqni saqlash xodimlar kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

  Tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov, Sog’liqni saqlash xodimlar kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi raisi Jushkin Ochilov, Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Gofur Xujamurodov, sog’liqni saqlash tizimida faoliyat ko’rsatib bugungi kunda nafaqada bo’lgan katta hayotiy hamda ish tajribasiga ega bo’lgan bir guruh nafaqadagi xodimlar, Samarqand davlat tibbiyot universitetining prfessor-o’qituvchilari hamda  250 nafar talabalari ishtirok etdi.

  Tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov tomonidan kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil bo’lganligi hamda bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil fikr yuritildi.

  Shuningdek, tadbirda suz olgan Mehnat faxriylari o’zlarining qimmatli hayotiy hamda ish tajribalarini  yoshlarga gapirib bergan bo’lsa, o’z navbatida yoshlar ham o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga mehnat faxriylaridan ijobiy javoblarni olishdilar.

  Uchrashuv yakunida bir guruh mehnat faxriylariga kasaba uyushma tashkilotining esdalik sovg’alari hamda tashakkurnomalari taqdim etildi.

  O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan sayohatlarda ishtirok etishi uchun sertifikatlar topshirildi.



O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI


  O’qitish har bir kurs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat ta`lim standarti;

– Namunaviy o’quv dasturi;

– Ishchi o’quv dasturi;

– tasdiqlangan tashxis standartlari;

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Texnikumda barcha kompyuterlar internetga ulangan, 10 dan ortiq Wi-fi zoanalar mavjud. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, O’quv dasturiga asosan barcha yo’nalishlar uchun O’quv materiallari to’plami mavjud. O’quv jarayonlarini boshqarish axborot tizimi https://prof-emis.edu.uz/ texnikumda barcha kurs va guruhlarda joriy etilgan va o’qituvchilar tomonidan muztazam yuritilib kelinmoqda.

  Texnikum kutubxonasi:

Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 45390 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. 


TALABALAR UCHUN SEMULIYATSION O’QUV XONALARI TASHKIL QILINGAN:


O’quvchi yoshlar turar joyi

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 150 o’rinli o’quvchi yoshlar turar joyi mavjud. O’quvchi yoshlar turar joyi hozirki kun zamonaviy talablariga javob bera oladigan zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.