Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi

Kim Antonina Amurova

PhD v/b dotsent,

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi boshlig’i


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 14:00-16:00
Tel: 66 233-30-34
Факс: (0366) 233-30-34
E-mail: antonina_amurovna@mail.ru
Manzil: Samarqand shahar. Amir Temur ko`chasi 18

ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI


  Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi institutning asosiy tarkibiy bo'linmalaridan biri bo'lib, u nizomga muvofiq ish olib boradi va o'z faoliyatini institut Rektori va Ilmiy kengashning qarorlari va buyruqlari asosida tashkil etadi.

  Oxirgi yillarda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tizimda yangi maqsadlar va ko’lamda namoyon bo’la boshladi: bugungi kunda nafaqat yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlari, ilmiy va ta'lim muassasalari, balki xizmatlar ko’rsatish sohasi ham yuqori malakali mutaxassislarga ham ehtiyoj sezmoqda. O’zbekiston Respublikasida ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda va ko’rinishlarda amalga oshiriladi: falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, Ph.D.), fan doktori (Doctor of Science, D.Sc.) – tayanch doktorantura va doktorantura orqali, falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, Ph.D.), fan doktori (Doctor of Science, D.Sc.) mustaqil izlanuvchilik orqali. 2022-yil, 1-iyun holatiga ko’ra diplomdan keyingi ta’lim muassalarida 43 tayanch doktorantlar, 6 doktarantlar, 221 PhD mustaqil izlanuvchilari va 22 DSc mustaqil izlanuvchilari o’qimoqda. SamMU qoshida PhD va DSc ilmiy darajalari berish uchun ilmiy kengashlar tashkil etildi va ular samarali faoliyat olib bormoqda. SamMU qoshidagi ilmiy kengashlarida 40dan ortiq dissertatsiya himoyalari o’tkazildi. Universitet xodimlari tomonidan 2 yil ichida 81ta PhD va 12ta DSc dissertatsiyalari himoyasi o’tkazildi.


BO'LIM TARIXI


Samarqand davlat tibbiyot universitetida ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig‘I lavozimida ishlab kelganlar:

2019-2022-yillarda – M.T. Nasredinova

  2022- yiliyuloyidanboshlab Kim Antonina Amurovnailmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig‘ietibtayinlandi.


BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI


  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4958-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda oily o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq falsafa (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini berish bo’yicha ishni tashkil etish;

- tibbiyot tizimidagi mavjud ilmiy-texnik va klinik muammolarni hal qilishda institut olimlari ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga keng jalb etish yo‘li bilan institutda tayyorlanayotgan mutaxassislar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;

- institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va amaliyotiga, ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etish;

- byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;

- ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilish;

- tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;

- institutda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida doktorantlarning faoliyatini yagona dastur asosida rivojlantirib, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.


BO'LIM XODIMLARI


F.X.Boymanov – 1-toifali mutaxasis.

G.P.Israilova – 1-toifali mutaxasis.

M.G’.Annayev – 1-toifali mutaxasis.