
Allayarov Tolib Yaxshinorovich
So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori
| Qabul vaqti: |
Seshanba – soat 10:00 dan 12:00 gacha Juma – soat 14:00 dan 16:00 gacha |
| Tel: |
+998 (98) 273 82 25 |
| E-mail: | tolib.allayarov72@mail.ru |
| Manzil: | Samarqand
sh., Xo‘ja Axrori Vali ko‘chasi 21-uy
|
TARIXI
So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 204-sonli qarorining birinchi bandi va 2003 yil 29 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 473-sonli qarorlariga asosan 2008 yilda tashkil etilgan.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi PQ-197-son Qaroriga asosan qayta tashkil etilgan.
Manzili: Samarqand viloyat Samarqand shahar Xo‘ja Axrori Vali ko‘chasi 21-uy. Loyiha bo‘yicha quvvati 1700 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 1963 nafar o‘quvchi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha (Hamshiralik ishi, Davolash ishi yo‘nalishi, Farmatsiya ishi, Stomatologiya ishi, Feldsher laborantlik ishi yo‘nalishlari) tahsil olmoqda.
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Ta’lim muassasasida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi” berilganligiga 35 yil to‘lganligi munosabati bilan “O‘zbek tili – millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda texnikum direktorining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari O.Nurmuxammedov O‘zbek tilining mamlakatimiz rivojidagi tutgan o‘rni haqida alohida to‘xtatib: Bugungi kunda jonajon O‘zbekistonimiz har sohada dunyoning tez suratlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlari reytinglarida yuqori o‘rinlarni qayd etmoqda. Bunga, albatta, olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, amaliy natijalar sabab bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Milliy til esa, mamlakat taraqqiyoti, jamiyat rivojida katta o‘rin egallaydi. Har bir xalq, elatni milliy tilsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, milliy tilda millat ruhi, uning boy tarixiy qiyofasi, milliy qadriyatlar, sobit e’tiqodlar aks etgan bo‘ladi. Shu boisdan ona tilini asrab-avaylash, uning mavqeini yanada mustahkamlash, rivojlantirish mamlakat taraqqiyotning muhim omili sifatida qaraladi.
“O‘zbek tili – millat ko‘zgusi” mavzusidagi davra suhbatidan foto lavhalar
O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI
O’qitish har bir kurs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Malaka talabi;
– Namunaviy o‘quv reja;
– Namunaviy o’quv dasturi;
- Ishchi o‘quv reja
– Ishchi o’quv dasturi;
- Kasbiy standartlar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Texnikumda barcha kompyuterlar internetga ulangan, 10 dan ortiq Wi-fi zonalar mavjud. Mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, O’quv dasturiga asosan barcha yo’nalishlar uchun O’quv materiallari to’plami mavjud. O’quv jarayonlarini boshqarish axborot tizimi https://prof-emis.edu.uz/ texnikumda barcha kurs va guruhlarda joriy etilgan va o’qituvchilar tomonidan muntazam yuritilib kelinmoqda.
Texnikum kutubxonasi:
Kutubxonada ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi 11 000 dan ortiq o‘quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilar o‘quv, malakaviy va diplom oldi amaliyotlarini o‘tashlari uchun Samarqand shahrida joylashgan davolash profilaktika muassasalari, stomatologiya poliklinikalari, dorixonalar, oilaviy poliklinikalar, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari bilan shartnomalar tuzilib, jami 16 ta o‘quv amaliyot xonalari tashkil etilgan va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.