×
Menu
Close Menu

QABUL QILISH TARTIBI

QABUL QILISH TARTIBI

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida (SDTU) ta'lim olish uchun chet el fuqarolari SDTUda mavjud bo'lgan istalgan fakultet va yo'nalishlarni tanlash huquqiga ega. Institutning fakultetlari va o'quv dasturlari to'g'risida batafsil ma'lumotni shu havolani bosib olishingiz mumkin (https://www.sammu.uz/uz/pages/about_international_faculty):

Qabul qilish qoidalari:

  Chet davlatlarning fuqarolari biologiya, kimyo va o'qitish (rus, ingliz) tili bo'yicha suhbat (og'zaki imtihon) asosida SSMIga qabul qilinadilar.

Imtihon fanlari: biologiya, kimyo, ingliz tili, rus tili.

QABUL UCHUN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO'YXATI

1.Universitet rektori nomiga ariza (tasdiqlangan namunaga muvofiq).

2.Bakalavr diplomi (yoki unga tenglashtirilgan oliy ma'lumot to' g'risidagi

hujjat) hamda diplom ilovasi (akademik transkript)

3.Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi (foto va

doimiy/yashash joyi ro'yxatidan o'tganligi haqidagi ma'lumotlar mavjud sahifalari).

4.Vakolatli tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan 086/U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma.

5.Mehnat daftarchasi (ishlovchi talabgorlar uchun, mavjud bo'lsa).

6.Pensiya jamg'armasi daftarchasi yoki tegishli ma'lumotnoma (mavjud bo'lsa).

7.Bitta elektron fotosurat (10 x 15 sm, JPG formatida, kamida 300 DPI sifatida).

8.Tibbiy hujjatlar:

-086/U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;

-Suvchechak (Varicella/Chickenpox) kasalligiga qarshi emlanganligini

tasdiqlovchi rasmiy hujjat;

-Ariza topshirish sanasidan oldingi uch (3) oydan oshmagan muddatda

olingan OIV (HIV) infeksiyasiga tekshiruv natijasi to' g'risidagi ma'lumotnoma;

-Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tganligini tasdiqlovchi

ma'lumotnoma (talabalar o'qish davrida har o'quv yilida bir marta

chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishlari shart).

9. Studyin-uzbekistan.uz saytidan ro’yxatdan o’tiladi

  Qo'shimcha ma'lumot uchun ushbu raqamlar orqali biz bilan bog’laning

+998 66 233 2744

Telegram: @SamSMU_Admissions

  E-mail: international.department@sammu.uznternational.department@sammi.uz

 Ulashish