Irsiy va orfan, kasalliklarni taşxislaş hamda davolaşga bağişlangan “Çegarasiz hamkorlik” V xalqaro forumi bölib ötdi
Joriy yilning 29–30-oktabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida Irsiy va orfan, kasalliklarni taşxislaş hamda davolaşga bağişlangan “Çegarasiz hamkorlik” V xalqaro forumi bölib ötdi. Mazkur nufuzli ilmiy-amaliy anjuman tibbiyotning eng dolzarb yönalişlaridan biri bölgan irsiy va noyob kasalliklarni erta aniqlaş, zamonaviy davolaş usullarini rivojlantiriş, ilğor xalqaro tajribalarni özaro almaşiş hamda bemorlarga körsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Forumda Özbekiston, Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Gruziya, Şvetsiya, Belgiya va Finlyandiya kabi mamlakatlarning yetakçi olimlari, akademiklari, tibbiyot sohasi mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot markazlari va soğliqni saqlaş taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Forumning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining tibbiyotni isloh qiliş böyiça örinbosari Tamila Anvarovna Aliyeva, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakili Tamara Aripova, şuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasi akademiklari Vladimir Starodubov, Aleksandr Rumyansev, Dmitriy Morozov va Sergey Kutsev iştirok etib, nutq sözladilar.
Oçiliş marosimida sözga çiqqanlar bugungi kunda irsiy va kam uçraydigan kasalliklarni erta taşxislaş, genetik tadqiqotlar imkoniyatlarini kengaytiriş hamda innovatsion davolaş texnologiyalarini tibbiyot amaliyotiga joriy etiş xalqaro soğliqni saqlaş tizimining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidladilar.
Ikki kunlik forum dasturi keng qamrovli bölib, unda yalpi majlislar, ixtisoslaştirilgan ilmiy sessiyalar, ekspertlar davra suhbatlari va amaliy mahorat darslari taşkil etildi.
Xususan, forum doirasida genom tadqiqotlari, DNK diagnostikasi, prenatal va neonatal skrining, irsiy metabolik kasalliklar, spinal muşak atrofiyasi, Dyuşenn muşak distrofiyasi, Fabri va Pompe kasalliklari, irsiy nevrologik patologiyalar, tuğma immunitet yetişmovçiligi, şuningdek, noyob genetik sindromlarni aniqlaş va davolaş masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, bolalarda irsiy kasalliklarni erta aniqlaş, neonatal skrining dasturlarini rivojlantiriş, ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar uzviyligini ta’minlaş va multidissiplinar yondaşuvlarni kuçaytirişga alohida ahamiyat berilmoqda.
Samarqand davlat tibbiyot universitetida ötkazilgan mazkur nufuzli xalqaro forum zamonaviy tibbiyot ilm-fanining eng ilğor yutuqlarini birlaştiriş, xalqaro tajriba almaşiş va innovatsion texnologiyalarni amaliy soğliqni saqlaş tizimiga tatbiq etiş yölida muhim ilmiy maydon bölib xizmat qiladi.













SamDTU Matbot xizmati