Xalqaro hamkorlik
Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo`naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir. Shu munosabat bilan 2025-yil 5-aprelda “International eurasian medical congress” bo`lib o`tdi. Ushbu xalqaro tadbir doirasida yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar, amaliyotchi shifokorlar va yosh tadqiqotchilar ilmiy tajriba almashish, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini muhokama qilish hamda yangi hamkorlik aloqalarini o’rnatish imkoniyatiga ega bo’lishdi.


40 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilari bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan. Hamkorlik doirasida qoʼshma ilmiy tadqiqotlar, birgalikda tayyorlangan ilmiy maqolalar, talaba va professor-oʼqituvchilar almashinuvi, hamda onlayn maʼruzalar va veb-seminarlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda. Ular tashrifi davomida maʼruza va ustaxona darslari oʼtkazadilar, kafedra professor-oʼqituvchilari va talabalari bilan qoʼshma ilmiy-amaliy muhokamalar tashkil etadilar, bu esa taʼlim sifatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
SamDTI butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet
eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.
Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlaridagi 10 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari faol yuritilmoqda. Ushbu hamkorlik universitetlar quyida keltirilgan:

- Istambul Ayden universiteti
- Ozarbayjon tibbiyot universiteti
- Qirg`iz Respublikasi davlat tibbiyot akademiyasi
- Djanelidze nomidagi Sankt –Peterburg tez tibbiy yordam ilmiy amaliy tibbiyot institute, Rossiya.
- Boshqir davlat tibbiyot universiteti, Rossiya
- Ijevsk davlat tibbiyot Universiteti, Rossiya Federatsiyasi
Ushbu xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun akademik almashinuv dasturlari, qoʼshma ilmiy loyihalar va malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyatlari yaratilgan boʼlib, kafedra kelgusida hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirishni va yangi xalqaro shartnomalar tuzishni istiqbolli vazifa sifatida belgilagan.