Texnikum direktori: Nurbayev Erkin Omantoshovich
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba 09:00-18:00 |
| Tel: |
+998 (93) 995 31 56 |
| E-mail: | |
| Manzil: | Ziyovuddin shaharchasi, Hamid Olimjon kuchasi 7-uy |
TARIXI
Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2006 yil 28 avgustda Dastlab Hamshiralik ishi, Farmatsiya, Davolash ishi mutahassisligi bo`yicha 600 ta O`quvchi qabul qilingan. Keyinchalik Farmatsiya ishi yo`nalishlari bo`yicha bo‘limlar ochilib, bugungi kungacha juda ko‘plab o`rta ma`lumotli tibbiyot hodimlarini yetishtirib bergan.
Texnikumda “Hamshiralik ishi”, “Davolash ishi”, “Farmatsiya ishi” bo‘limlari mavjud bo‘lib ularda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 570 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Texnikumda 2 ta o‘quv binosi. 200 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi, 120 o‘rinli oshxona bo‘lgan kutubxona mavjud bo‘lib, to‘liq faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, bilim yurti bitiruvchilaridan el dardiga malham bo‘layotgan qo‘li em shifokorlar, olimlarning yetishib chiqqanligi Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining nufuzini yanada oshiradi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Paxtachi tibbiyot bilim yurtida kasb sirlarini o‘rganganlar. O‘quv yili davomida o‘quvchilarga chuqur bilim berish, ularni bugungi kun talabiga mos keladigan mutahassis qilib tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning Davlat dasturi» kabi hujjatlarda belgilangan vazifalarni hayotga keng tadbiq etish maqsadida texnikum o‘qituvchi-hodimlari juda ko‘p ijobiy ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Texnikumda jami bo‘lib o‘quv bazalari bilan birgalikda 53 ta o‘quv xonalari mavjud. Shundan 46 tasi texnikum o‘quv binolari joylashgan. Bundan tashqari texnikumda 2 ta Klinik smulyatsion xonalar tashkil etilgan
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarning tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratini oshirish maqsadida texnikumda “Zakovat” bellashuvi, “Orasta qizlar”, “Navro`z va qadriyatlar”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Amir Temur avlodlari” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti va Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti hamda “Rektor va yoshlar” mavzusida o‘tkazilgan tadbir yuzasidan ma’lumotlar.
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ISHLARI
O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, o'quv jarayonini takomillashtirish, ta'lim muassasalarida jahon andozalari talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim sohasidagi keng ko'lamli islohotlarni yangi bosqichga ko'tardi. Shu jumladan, Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari va oliy ta' lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ular o'rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda professional ta'lim muassasalarida o'quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya,, pedagoglarga bo'lgan talab va e'tibor tobora yuksalib bormoqda. Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirib borilmoqda.
Texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni mustaqil va erkin fikrlash, tafakkurini shakllantirish hamda g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirish, ularni ona-Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘quv tarbiyaviy-jarayonni yanada takomillashtirish, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi “Ma‘naviyat kuni” doirasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilgan, Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti asarlari, ma’ruzalari, nutqlari mazmun-mohiyatini, bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, kеng ko‘lamli islohotlar, qabul qilingan qonun hujjatlarining ahamiyatini atroflicha tushuntirish, yoshlarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan shakllantirish maqsadida“Mustaqillik dars”lari,millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikеnglik,mustaqillikning har qaysi avlod taqdiriga bеqiyos ta‘siri, qadr-qimmati, avlodlar o‘rtasida an’analar davomiyligi to‘g‘risida tadbirlar tashkil etilgan.
O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI
O‘qitish har bir kurs va yo`nalish uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat ta`lim standarti;
– Namunaviy o’quv dasturi;
– Ishchi o’quv dasturi;
– O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2020 yil 4 sentyabrdagi 465-son buyrug’iga asosan o`qitish materiallari to`plamlari yaratilib o`quv jarayoni tadbiq etilmoqda.
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud: Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi.
Texnikum kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid yangi ma`lumotlarni olish uchun enternet tarmog`iga ulangan 4 ta komyuterlar mavjud.
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Texnikumning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda. Texnikumning barcha pedagoglari texnikum ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.
Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog xodimlar to`g`risida
MA`LUMOT
|
№ |
Jami o`qituvchilar soni |
O`rindosh |
Asosiy |
Shundan |
|||||
|
Fan nomzodi |
BO` |
YO` |
KO` |
OMO` |
O`MMO` |
||||
|
1 |
75 |
40 |
35 |
0 |
1 |
6 |
5 |
57 |
6 |
So‘nggi 3 yil ichida texnikum pedagoglari tomonidan shu jumladan 7 ta o‘quv qo'llanma, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 12 dan ortiq maqolalar nashr etilgan.
Texnikumda 2 ta klinik smulyatsion xonalar tashkil etilgan.
Ulashish