×
Menu
Close Menu

Simulyatsion markaz tarixi

  Samarqand  Davlat Tibbiyot  Universitetida ( institutida ) 2004- yilda   Tibbiyotda  ta'lim  jarayonini   tizimli  yo'ndashish   asosida   boshqarish,   tibbiyotda  zamonaviy  simulyatsion  ta'lim  texnologiyalarini  joriy  etish  ya'ni  tibbiyotda  simulyatsion  ta'limni  rivojlantirish,  sifat  jihatdan  yanada  yuqori  bosqichga  ko'tarish  maqsadida;

  Universitet  bosh  binosi  3 - qavatida,  "Bolalar  xirurgiyasi"  va  1-akusherlik, ginekologiya kafedralarida Simulyatsion  o'qitish  xonalari  tashkil  etilgan.

  Tibbiy  ta'lim  tizimida  simulyatsion  o'qitishni  keng  yo'lga  qo'yish, amaliy  ko'nikmalarni   simulyatsion texnologiyalar  ya'ni  fantom,  mulyaj, maneken  hamda   simulyator   robotlar  yordamida  o'rgatilishini  ta'minlash  uchun  simulyatsion  xonalar  100  dan ortiq  mulyajlar,  manekenlar,  fantomlar,  simulyatorlar  va  tibbiy  asbob  uskunalar  bilan  jihozlangan.

  Ushbu   Simulyatsion  o’qitish   xonalarida   mutaxassislar  tomonidan  talabalarga  tibbiyotda  simulyatsion  texnologiyalarning   yangi  bosqichi - ya'ni  amaliy  ko'nikmalarni   rivojlantirishga  urg'u  beradigan  optimal  shaklida  o'qitish  jarayonlari  olib  borilgan.

  Amaliyotga  yo'naltirilgan  simulyatsion  ta'lim  jarayonlari  talabalarning  kasbiy  faoliyatlarida  murakkab   mehnat funksiyalarini   bajarishda,  klinik  vaziyatni  his  qilish,  klinik  fikr  yuritish,  amaliy  ko'nikmalarni  rivojlantirishga   xizmat  qilib  kelgan.