×
Menu
Close Menu

Payariq tibbiyot kolleji

Komilov Akramjon Rustamovich

Payariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori v.v.b

Qabul vaqti: Shanba - Payshanba: 14:00 - 17:00
Tel:

+998 (66) 425 26 55

E-mail: uzpaytibkol@mail.ru,
Manzil: Samarqand viloyati, Payariq shahri, Samarqand ko‘chasi 42-uy

TARIXI


  Payariq tibbiyot Texnikumi 2007 yil M.V.Lamonosov nomidagi rus tilini chuqur o‘rgatishga moslashtirilgan mahsus internat-maktabi bazasida qayta rekonstruksiya qilish yo‘li bilan tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali qayta Payariq tibbiyot Texnikumi maqomi bilan qayta tashkil qilindi. Texnikum manzili Payariq shahri Samarqand ko‘chasi 42-uy. Egalik huquqini beradigan kadastr xujjatlari mavjud. Payarik tibbiyot Texnikumida 5 ta bino va 3 ta o‘quv korpuslari mavjud, ta’lim muassasasi 1035 loyixa quvvatiga ega, hozirda foydalanish holati yaxshi, nazariy va amaliy o‘quv xonalari soni 58 tani tashkil etadi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI


  Texnikumning asosiy faoliyatlardan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) bo’lishni, sog’lom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni Texnikumning ommaviy - madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Texnikumda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular o’z faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, turli xil fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport to‘garaklari tashkil etilgan.


O’QUV VA O’QUV-METODIK ISHLARI


  Texnikumda o’qitishda har bir kurs va yo‘nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha jarayonlar olib boriladi:

  • Davlat ta'lim standarti;
  • Namunaviy o’quv dasturi;
  • Ishchi o’quv dasturi;
  • Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
  • zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  Texnikumda 3 ta “Mutaxassislik fanlar” kafedra mudiri bosh o‘qituvchi toifasiga ega, Mutaxassislik fanlar-1 kafedrasi mudiri katta o‘qituvchi toifasiga ega va “Umumkasbiy fanlar ” kafedrasi kafedra mudiri katta o‘qituvchi toifasiga ega o‘qituvchilar faoliyat olib baryapti.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroki ta’minlangan va ularda yaxshi natijalarga erishilgan.

  Texnikumda AKT ni qo‘llagan holda zamonaviy o‘qitish usullaridan foydlanishda 5 ta o‘quv xonaga multimediali monitor, barcha xonalarga televizorlar, 23 ta o‘quv xonalarida kompyuterlar mavjud bo‘lib va 2 ta kompyuter sinf xonasi tashkil qilingan, unda 30 ta kompyuterlar bilan jixozlangan ularning barchasi shisha tolali internet tarmog‘iga ulangan. Bu AKT jixozlaridan dars jarayonlarida va o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida muntazam foydalanadilar. O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Texnikumda telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan o’qitish materiallar to‘plamlaridagi visual didaktik materiallar uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Texnikumning ARM kutubxonasi ham 10 ta kompyuterlar bilan jixozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Bu kompyuterlar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining virtual kutubxonasiga ulangan. Bulardan o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz doimiy ravshda foydalanadilar.


TALABALAR ILMIY JAMIYATI


  Texnikumda ilmiy saloxiyatini yaxshilash maqsadida ilmiy kengash tashkil qilingan. O‘quvchi va o‘qituvchilarni uztoz-shogirt an’anasi bo‘yicha biriktirilgan. Bu kengashda turli xil tadbirlar tashkil qilingan. Xozirgi kunda texnikumimiz o‘quvchilari tuman, viloyatdagi turli musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda.”Zakovat ”musobaqalarida texnikumimiz jamoasi viloyatda birinchi o‘rinni egalladi.