“Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovining universitet bosqiçi ötkazildi
Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi.
Yoşlarning innovatsion salohiyatini röyobga çiqariş, ilmiy-ijodiy taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda istiqbolli loyihalarni rağbatlantirişga qaratilgan mazkur tanlovda iştirokçilar öz innovatsion ğoya va işlanmalarini taqdim etdilar.
Tanlovda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev iştirok etib, yoşlarning innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ilmiy ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş va tibbiyot sohasida yangi texnologiyalarni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi.
Tanlov yakunida taqdim etilgan loyihalar baholanib, ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Ularga belgilangan tartibda pul mukofotlari topşirildi.
Mazkur tanlov yoş tadqiqotçilarni yangi izlanişlarga ruhlantiriş, ularning innovatsion faoliyatini rağbatlantiriş hamda universitetda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.









SamDTU Matbuot xizmati