×
Menu
Close Menu

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi


Ibragimov Orifjon Murodulloyevich

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori

Qabul vaqti: Dushanba: 10:00-13:00, Payshanba: 14:30-18:00
Tel:

+998 (66) 232 19 70

E-mail: siyobtexnikum@umail.uz
Manzil:

Samarqand shahar, Rudakiy 190-uy.


TARIXI


  SamDTU qoshidagi Tibbiyot bilim yurti O’zbekiston SSR Markaziy Komiteti va Ministrlar Sovetining 1982 yil 23 apreldagi 307-p sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 1982 yil 28-iyundagi 934-sonli buyrug’i asosida Samarqand shaxri Dahbet ko’chasi 31-uy manzilida tashkil etilgan. 2-son Samarqand tibbiyot bilim yurti direktor vazifasiga Ikrom Axmedovich Maxmudov tayinlangan. Shu davrda 150 kishi Hamshira mutaxassisligi bo’yicha o’qishga qabul qilingan. O’quv jarayoni Samarqand shahrining quyidagi davolash profilaktika muassasalarida faoliyat olib borayotgan vrachlari va hamshiralari tomonidan olib borilgan: SamMI 1-klinikasi, 2-klinikasi (xozirda RSHTTYoIMSF)da, yuqumli kasalliklar, 3-tug’ruqxona, viloyat shifoxonasi. Ushbu davrda faoliyat ko’rsatgan o’qituvchilar: S.Zaydinov, P.Safarov, R.Esanboyeva, K.Muxamadiyeva, B.M.Saloxiddinov, A.M.Rosulov, M.X.Vafakulova, Z.X.Xamidova, I.S.Urinov, A.A.Rustamov, A.A.Ikramov, Y.S.Rasulov, L.X.Karabayeva, S.S.Musinova, T.B.Okunskaya, A.A.Kazatsker, T.B.Xaitova, A.M.Raxmonova, G.F.Jalolova, S.B.Sulaymonov.

  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 14-avgustdagi 338-sonli buyrug’i hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 2003 yil 29-dekabrdagi 572-sonli buyrug’iga asosan Siyob tibbiyot kolleji maqomi berildi.

  1989-2005 yillarda Xodiyev Xodji Xodiyevich Siyob tibbiyot kollejida direktor lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O’z ish faoliyati davomida moxir murabbiy va matbuotda 45ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. Sog’liqni Saqlash vazirligi Samarqand viloyat hokimligi shahar va Siyob tuman hokimligini faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.

  2005-2008 yillarda Razzoqov Olim Narziqulovich Siyob tibbiyot kollejida director lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O’z ish faoliyati davomida moxir murabbiy sifatida o’z o’rniga ega bo’lgan va matbuotda 100ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan.

  2008-2010 yillarda Davirov Abdurayim Ablakulovich o’z ish faoliyati davomida mas’uliyatli, izlanuvchan rahbar, matbuotda 30ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. Samarqand viloyat va shahar hokimligi faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.

  2012-2016 yillarda Jamolov Anvar Kuchkarovich Siyob tibbiyot kollejida direktor lavozimida faoliyat ko’rsatgan. O’z ish faoliyati davomida moxir murabbiy va matbuotda 80ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash a’lochisi, Samarqand viloyat va shahar hokimligi faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7-apreldagi “Tibbiy –sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4666 qarori asosida Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi sifatida qayta tashkil etilgan.

  O’tgan qirq yil mobaynida ushbu ta’lim dargohini har xil yo’nalishda minglab talabalar bitirdi va Respublikaning Davolash profilaktika muassasalarida o’z faoliyatlarini yuritmoqdalar.

  Usarova Mukarram –Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo’limi boshlig’i , Negmatova Gulzoda Shuhratovna - Viloyat endokrinologiya dispanseri bosh vrachi, Narzullayeva Nigina Sanatovna- RSHTTYoIMSF neyroxirurgiya bo’limi katta hamshirasi, Ismoilov Anvar Qayumovich- Samarqand viloyat davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi sanitariya vrach yordamchisi, Haqberdiyeva Hilola-Samarqand shahar bolalar shifoxonasi vrachi, Yuldasheva Nodira Egamberdiyevna – SamMU diplomdan keying ta’lim fakulteti umumiy amaliyot-oilaviy tibbiyot kafedrasi assistenti, Sohibnazarova Gulzoda Zokirjonovna – RSHTTYoIMSF yetakchi hamshirasi, Mardonova Soxiba-yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi, Jumayev Murod Muxtorovich- Samarqand viloyat dezinfeksiya boshqarmasi birinchi o’rinbosari, Ismoilov Faxriddin-O’zbekiston respublikasi Mudofa vazirligi harbiy qism tibbiy qism boshligi, kapitan, “Mehr –sahovat” ko’krak nishoni sovrindori, Saidqulov Jasur-SamMU urologiya kafedrasi t.f.n, Qayumov Murod –pediatr, Parij meditsina universiteti magistri, Ochilova Shaxnoza-Payariq tuman Davlat sanitariya markazi laboratoriya bo’limi boshlig’i, Keying yillarda sog’liqni saqlash tarmoqlarida ishlab ham ta’lim sohasida ilmiy ish faoliyati bilan shug’ullangan insonlar: A.K.Bayjonov, A.K.Jamolov, B.M.Saloxiddinov.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarning tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratini oshirish maqsadida texnikumda “Iqtidorli bolalar markazi” tashkil etilgan. Har bir kafedra kesimida iqtidorli bolalar ro‘yxatlari shakllantirilgan va fanlardan alohida bolalar bilan ishlash dasturlari, rejalari ishlab chiqilgan. “Iqtidorli qizlar klubi” tashkil etilgan bo‘lib, ular fan, adabiyot, ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida “Zakovat” bellashuvi, “Orasta qizlar”, “Barhayot an‘analar”, “Navro`z va qadriyatlar”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Amir Temur avlodlari” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti va Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti hamda “Rektor va yoshlar” mavzusida o‘tkazilgan tadbir yuzasidan ma’lumotlar


SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ISHLARI


  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-158-son Farmoniga asosan 2025 yil 1 yanvardan boshlab Farmonning 1-ilovasida koʼrsatilgan Samarqand Davlat tibbiyot universitetini negizida Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi biriktirildi, Mazkur Farmonning 1-ilovasida koʼrsatilgan oliy taʼlim muassasalari zimmasiga ularga biriktirilgan texnikumlarga oʼquv-uslubiy yordam koʼrsatish, taʼlim sifatini oshirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash vazifalari yuklandi. 

  O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, o'quv jarayonini takomillashtirish, ta'lim muassasalarida jahon andozalari talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim sohasidagi keng ko'lamli islohotlarni yangi bosqichga ko'tardi. Shu jumladan, jamoat salomatligi texnikumlari va oliy ta' lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ular o'rtasidagi  integratsiyani yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.    Darhaqiqat, buqungi kunda professional ta'lim muassasalarida o'quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiya,, pedagoglarga bo'lgan talab va e'tibor tobora yuksalib bormoqda. Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirib borilmoqda.

  Texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni mustaqil va erkin fikrlash, tafakkurini shakllantirish hamdag‘oyaviy tarbiyani kuchaytirish, ularni ona-Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘quv tarbiyaviy-jarayonni yanada takomillashtirish, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi “Ma‘naviyat kuni” doirasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilgan, Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti asarlari, ma’ruzalari, nutqlari mazmun-mohiyatini, bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, kеng ko‘lamli islohotlar, qabul qilingan qonun hujjatlarining ahamiyatini atroflicha tushuntirish, yoshlarnig‘oyaviy-siyosiyjihatdanshakllantirish maqsadida“Mustaqillik dars”lari,millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikеnglik,mustaqillikning har qaysi avlod taqdiriga bеqiyos ta‘siri, qadr-qimmati, avlodlar o‘rtasida an’analar davomiyligi to‘g‘risida tadbirlar tashkil etilgan.


O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI


  O‘qitish har bir kurs va yo`nalish uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat ta`lim standarti;

– Namunaviy o’quv dasturi;

– Ishchi o’quv dasturi;

– O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2020 yil 4 sentyabrdagi 465-son buyrug’iga asosan o`qitish materiallari to`plamlari yaratilib o`quv jarayoni tadbiq etilmoqda.

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud: Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi.

  Texnikum kutubxonasi:

  • Аxborot kutubxonaning umumiy fondi – 35598
  •  Umumtaʼlim fanlar – 11538
  •  Umumkasbiy fanlar - 7578
  •  Kasbiy fanlar - 12868
  •  Ijtimoiy – siyosiy adabiyotlar – 348
  •  Badiiy adabiyotlar – 3266
  • Maʼruza matnlari – 284
  •  Elektron darsliklar– 3554

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Texnikumning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Texnikumning barcha pedagoglari texnikum ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.

  Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog xodimlar to`g`risida MA`LUMOT

Jami o`qituvchilar soni 116 nafar
Shundan: Falsafa doktori (PhD)  2 nafar
Bosh o‘qituvchi  47 nafar
Yetakchi o‘qituvchi  29 nafar
Katta o‘qituvchi  20 nafar

Oliy ma`lumotli o`qituvchilar – 18 nafar
Chet tillarida erkin dars beradigan
pedagoglar soni  17 nafar
Sertifekatlarga (IELTS va hok.) ega pedagoglar soni  4 nafar

  Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʼiga asosan Siyob Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida taʼlim berayotgan oʼqituvchilar tomonidan, 30 nomdagi oʼquv adabiyotlar, uslubiy qoʼllanmalar, OʼMT (Oʼquv materiallar toʼplami)larga guvohnomalar hamda nashriga ruxsatnoma berilib, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan litsenziya berilgan va nashriyotlardan chop etib chiqarilgan. So‘nggi 3 yil ichida texnikum pedagoglari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 30 ta darslik, 30 ta o‘quv qo'llanma, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 600 dan ortiq maqolalar nashr etilgan.


SIYOB АBU АLI IBN SINO NOMIDAGIJAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI XORIJIY TA`LIM QO`SHMA DASTURLARI


  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2024 yildagi PF-158-son Farmoni, kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish va xalqarotaʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʼrta boʼgʼin kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Janubiy Koreyaning DaeJeong universiteti va Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi oʼrtasida imzolangan ikki tomonlama memorandumda Oʼzbekiston-Janubiy Koreya qoʼshma taʼlim dasturi asosida 2025-2026 oʼquv yilidan boshlab Janubiy Koreyaning DaeJeong tibbiyot universiteti bilan Hamshiralik ishi mutaxassislarini tayyorlash, bunga koʼra 2+1 va 2+2 taʼlim dasturi asosida oʼquvchilarni qabul qilish va dastlab 2 yil Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida keying bir yil yoki ikki yil Janubiy Koreya Respubliksining DaeJeong tibbiyot universitetida davom yettirishi boʼyicha kelishildi.

Halqaro eʼtirof etilgan reytinglarga kirish uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va Siyob Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining veb-sayti (http://www.siyobjst.uz) qaytadan yangilandi.