Tibbiyotga baxşida etilgan umr: Ne’mat Ravşanoviç Aralov xotirasi yod etildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida irsiy va orfan kasalliklarni taşxislaş hamda davolaşga bağişlangan “Çegarasiz hamkorlik” V xalqaro forumi doirasida tibbiyot fanlari doktori, dotsent Ne’mat Ravşanoviç Aralov xotirasiga bağişlangan memorial sessiya bölib ötdi.
Mazkur tadbir umrini tibbiyot ilm-fani, ta’lim va şifokorlik faoliyatiga bağişlagan olimning yorqin xotirasini e’zozlaş, uning ilmiy merosi hamda tibbiyot rivojiga qöşgan hissasini yodga olişga qaratildi.
Memorial sessiyada olimning ilmiy faoliyati, kasbiy tajribasi, tibbiyot rivojidagi örni va insoniy fazilatlari alohida e’tirof etildi. Uning ilm-fanga bölgan fidoyiligi, kasbiga sadoqati hamda orttirgan bilim va tajribasi kelajak avlod şifokorlari uçun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.
Uşbu xotira tadbiri tibbiyot rivojiga munosib hissa qöşgan fidoyi olimlarga bölgan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi böldi. Zero, insonning hayot yöli uning qilgan ezgu işlari, ilmiy merosi va kelajak avlodlarga qoldirgan ibrati bilan qadrlanadi.









SamDTU Matbuot xizmati