Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet rektori

Rizayev Jasur Alimdjanovich

tibbiyot fanlari doktori, professor


Qabul vaqti:
Tel: +998 (66) 233-07-66
Fax: +998 (66) 233-71-75
E-mail: sammu@sammu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/jasur.rizaev.1
Instagram: https://www.instagram.com/jasur_rizayev
Telegram: https://t.me/jasur_rizayev
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

  Rizayev Jasur Аlimdjanovich birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini 1996-yilda muvaffaqiyatli toʼgatgandan soʼng “Stomatologiya” mutaxasisligi boʼyicha klinik ordinatura xizmatini oʼtadi.

  U 1997-2007-yillarda “terapevtik stomatologiya kafedrasida” avval laborant, assistent xamda kafedra dotsenti lavozimlarida ish olib bordi, ish jarayonida bemorlarga mustaqil yordam berish koʼnikmalarini mukammal egalladi.

  Oʼz ish faoliyati davrida intizomli, bilimga chanqoq, yangilikka intiluvchan va oʼz ustida tinimsiz ishlovchi shifokor ekanligini koʼrsatdi va bemorlar, kafedra va boʼlim xodimlari orasida katta hurmatga sazovor boʼldi. Uning tashkilotchilik qobiliyatini eʼtiborga olib, klinika maʼmuriyati tomonidan 2007-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokor muovini lavozimiga tayinlandi, 2009-yildan Uchtepa TTB rahbari, 2011-yilda Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan TTА 3-klinikasi bosh shifokori, 2016-yil 26-avgustdan Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori lavozimiga tayinlangan.

  Rizayev Jasur Аlimdjanovich nafaqat yaxshi shifokor, balki saviyali murabbiy xamdir. U ish davrida oʼz bilim va orttirgan amaliy koʼnikmalarini talabalarga muntazam ravishda oʼrgatib bormoqda. J.А.Rizayev bir necha bor chet davlatlarda shu jumladan Fransiya, Italiya, Germaniya, Rossiya, Shveytsariya, Linxenshteyn, Koreya, Yaponiya davlatlarida boʼlib malakasini oshirgan. Shu bilan bir qatorda Rizayev Jasur Аlimjonovich chuqur ilmiy izlanishlar olib borishga layoqatli mutaxassisdir. U 2006-yilda “Клинико-функциональные показатели течения пародонтита и особенности лечения” nomzodlik himoyasini yoqlab boʼlgandan soʼng, 2015-yilda “Разработка концепции и программы профилактики заболеваний пародонта у населения Узбекистана на основе комплексных социально-гигиенических исследований” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning olib borgan ilmiy izlanishlari boʼyicha tayyorlagan maqolalari АQSh, Koreya, Yaponiya, Rossiya va Qozogʼistonda oʼtkazilgan anjuman toʼplamlarida chop etilgan.

  J.А.Rizayev Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirining 06.11.2013-yildagi 455-sonli buyrugʼi bilan “Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash aʼlochisi” koʼkrak nishoniga sazovor boʼlgan, ”Mustaqillikning 20 yilligi”, ”Mustaqillikning 25 yilligi” koʼkrak nishonlari bilan mukofotlangan.

  Soʼnggi yillarda oʼzining ishga chanqoqligi, yaxshi tashkilotchilik qobiliyati hamda Toshkent davlat stomatologiya institutining rivojlanishi va barkamolligi yoʼlida jadallik bilan olib borilgan ishlarning asosiy sababchilaridan biri xisoblanadi. U Institutda olib borgan faoliyati davomida qator ishlar amalga oshirildi, jumladan, institutda zamonaviy simulyatsion markaz tashkil qilinib, zamonaviy 3D simulyatorlar bilan jihozlangan, mazkur Virteasy Dental simulyatorlari Oʼrta Osiyo mamlakatlarida yagona boʼlib, jahon taʼlim standartlari talablarining biri hisoblanadi, 2017/2018-oʼquv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida oʼqitish yoʼlga qoʼyilgan. Bunday zamonaviy imkoniyatlar malakali kadrlar tayyorlash, stomatologiya sohasida jahon tibbiyotining ilgʼor amaliyotlarini keng joriy etish, xalqimizga koʼrsatilayotgan stamatologik xizmatni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga muhim qadam boʼlmoqda. Shu yillarda xorijiy mamlakatlarning yetmish beshga yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasalari va kompaniyalari bilan oʼzaro hamkorlik boʼyicha memorandum imzoladi. Mazkur hamkorlik doirasida 2018/2019-oʼquv yilidan Toshkent davlat stomatologiya institutida 2 ta qoʼshma taʼlim dasturi doirasida Italiyaning Turin universiteti hamda Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan hamkorlikda Biotibbiy muhandislik va Stomatologiya yoʼnalishlarida qoʼshma fakultetlar tashkil etildi. Shuningdek, 2019/2020-yilda qoʼshma taʼlim dasturi doirasida bakalavriatda yana toʼrtta – Orenburg davlat tibbiyot universiteti bilan Klinik psixologiya, I.Ya.Gorbachevskiy nomidagi Ternopol milliy tibbiyot universiteti bilan Oliy hamshiralik ishi, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan Davolash ishi yoʼnalishlari joriy qilindi. Bundan tashqari, Belarus davlat tibbiyot universiteti bilan 4 ta yangi magistratura yoʼnalishlari va Rossiya Halqlar doʼstligi universiteti bilan dermatovenarologiya yoʼnalishi boʼyicha klinik ordinatura yoʼnalishlari ochilishiga erishildi. Shu bilan bir qatorda, magistratura, klinik ordinatura yoʼnalishlarida bir qator mutaxassisliklar boʼyicha Finlyandiya, Rossiya, Belorus respublikasi va boshqa xorijiy mamalakatlarning ilm-fan va oliy taʼlim muassasalari bilan qoʼshma taʼlim dasturlari ishlab chiqildi. Bunday xalqaro hamkorlik ishlari tufayli 2018-2019-oʼquv yilida 100 dan ortiq nafar pedagoglar va talabalar xorijda malaka oshirib qaytdi. 2019-yil 21-22-oktyabr kunlari X-xalqaro “Stomatologiya-yuga 2019” talabalar olimpiadasi oʼtkazilgan va unda Oʼzbekiston, Rossiya va Qozogʼistonning 18 ta yetakchi tibbiy oliy oʼquv yurtlar talabalari ishtirok etishdi.

  2019-yilda J.А.Rizayev boshchiligida institut OʼzR Vazirlar Mahkamasi qoshidagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʼtkazilgan va takomillashtirilgan indikatorlar asosida tashkil etilgan reytingga koʼra, Toshkent davlat stomatologiya instituti mamlakatimizdagi tibbiyot oliy oʼquv yurtlari orasida 1-oʼrinni, barcha oliy oʼquv yurtlari oʼrtasidagi umumiy reytingda esa 8-oʼrinni egallab, mamlakatimiz oliy oʼquv yurtlarining kuchli oʼntalagi tarkibiga kirdi.

  2018-yildan boshlab J.А.Rizayev ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Uning raisligidagi mazkur Kengashda jami 51 dissertatsiya ishi himoyadan oʼtkazilgan, ulardan 18 tasi tibbiyot fanlari doktori(DSc) va 33 tasi tibbiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PHD).

  J.А.Rizayevning ilmiy rahbarligida 3 ta fan doktorlik va 7 ta falsafa doktorlik dissertatsion ishlar himoya qilingan.

  Oʼz mehnat faoliyatida Rizayev Jasur Аlimdjanovich muntazam ravishda oʼz ustida ishlaydi, oʼz malakaviy faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib bormoqda. U oʼziga va yonidagilarga nisbatan talabchan, oʼz oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalarni aniq belgilash va uni oʼz vaqtida bajarish, ishchi xodimlarga vazifalarni aniq belgilash, turli masalalarni hal etishda initsiativ va ijodiy yondashish xususiyatiga ega, shu bilan jamoadagi sogʼlom muhitni yaratishda koʼmaklashadi, bu esa uning tafsifnomasidagi kuchli tarafi xisoblanadi.

  Shuningdek Rizayev Jasur Аlimdjanovich Аmerika stomatologlari assotsiatsiyasi, Yevropa kariesologiya assotsiatsiyasi, hamda MDX davlatlar stomatologiya assotsiatsiya boshqaruv kengashi aʼzosi.

  Uylangan, 2 nafar farzandi bor.