Samarqand davlat tibbiyot universiteti xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalarini e’lon qiladi. Ikki karra diplom olish va xalqaro standartlar asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🎓 Bakalavriat yo‘nalishlari:
- Davolash ishi (Rossiya, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti) — 60 ta o‘rin (Ta’lim tili: rus)
- Pediatriya ishi (Rossiya, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti) — 60 ta o‘rin (Ta’lim tili: rus)
- Stomatologiya (Rossiya, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti) — 60 ta o‘rin (Ta’lim tili: rus)
- Davolash ishi (Turkiya Respublikasi, Sog’liq bilimlar universiteti) — 100 ta o‘rin(Ta’lim tili: o‘zbek)
- Oliy hamshiralik ishi (AQSh, Webster universiteti) — 25 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Psixologiya (Rossiya, I.N. Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti) — 20 ta o‘rin (Ta’lim tili: rus)
- Fundamental tibbiyot (xalq tabobati) (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 15 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
🎓 Magistratura mutaxassisliklari:
- Terapiya (Italiya, Piza universiteti) — 50 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Yuz-jag‘ xirurgiyasi (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Neyroxirurgiya (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Travmatologiya va ortopediya (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Umumiy onkologiya (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Tibbiy radiologiya (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)
- Terapiya: xalq tabobati (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) — 5 ta o‘rin (Ta’lim tili: ingliz)