×
Menu
Close Menu

Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

  

Fazliyev Mehrojiddin Shamsiddinovich

Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnkum direktori

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel:

+998 (90) 604 32 52

E-mail: urguttibbiyottexnikumi@mail.ru
Manzil:

Samarqand viloyati, Urgut tumani, pochvon ko‘chasi 12-uy


TARIXI


  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2005-yil Urgut tibbiyot kolleji negizida yangidan tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali. Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi bilan qayta tashkil qilindi. Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi manzili Urgut shahri Pochvon ko‘chasi 12-uy. Egalik huquqini beradigan kadastr hujjatlari mavjud. Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 1 ta bino 3 qavatdan iborat, ta’lim muassasasi 720 loyiha quvvatiga ega, hozirda foydalanish holati yaxshi, nazariy va amaliy o‘quv xonalari soni 64 tani tashkil etadi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI


  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi asosiy faoliyatlardan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) bo’lishni, sog’lom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni texnikumning ommaviy - madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun texnikumda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular o’z faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, turli xil fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport to‘garaklari tashkil etilgan.


O’QUV VA O’QUV-METODIK ISHLARI


  O’qitish har bir kurs va yo’nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat ta`lim standarti;
– Namunaviy o’quv dasturi;
– Ishchi o’quv dasturi;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 3 ta “Mutaxassislik fanlar” kafedra mudiri Bosh o‘qituvchi toifasiga ega o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroki taminlangan va ularda yaxshi natijalarga erishilgan.

  Jumladan Texnikum direktori M.Fazliyev, Pediatriyada hamshiralik ishi fani o’qituvchisi A.To’raqulov va Kimyo fani o’qituvchisi N.Kechkarovlarning Universitetning ilmiy darajali o’qituvchilari bilan hamkorlikda chiqargan darslik va o’quv qo’llanmalari shular jumlasidandir.

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi AKTni qo‘llagan holda zamonaviy o‘qitish usullaridan foydlanishda 16 ta xonaga televizor 12 ta o‘quv xonalarida kompyuterlar mavjud bo‘lib va 2 ta kompyuter sinf xonasi tashkil qilingan, unda 40 ta kompyuterlar bilan jihozlangan ularning barchasi shisha tolali internet tarmog‘iga ulangan. Bu AKT jixozlaridan dars jarayonlarida va o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida muntazam foydalanadilar. O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan o’qitish materiallar to‘plamlaridagi vizual didaktik materiallar uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ARM kutubxonasi ham 9 ta kompyuterlar bilan jihozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Bu kompyuterlar Samarqand Davlat tibbiyot Universitetining virtual kutubxonasiga ulangan. Bulardan o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz doimiy ravishda foydalanadilar.

Talabalar uchun semuliyatsion o’quv xonalari tashkil qilingan: