Belarus Respublikasi soğliqni saqlaş va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik kengaymoqda
Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori, professor Aziz Saidolimoviç Kubayev Belarus Respublikasining Minsk şahrida bölib, xalqaro ilmiy anjumanda iştirok etdi hamda bir qator nufuzli ilmiy muassasalar va kompaniyalar vakillari bilan istiqbolli muzokaralar olib bordi.
Şu jumladan Aziz Kubayev XII Belarus xalqaro stomatologiya kongressida iştirok etib, “Pastki jağ nuqsonlarini endoprotezlaşda rekonstruksiya texnologiyalari va konservativ-profilaktik qöllab-quvvatlaş” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi.
Safar doirasida Belarus Milliy fanlar akademiyasining Genetika va sitologiya instituti rahbariyati bilan uçraşuv ötkazildi. Muzokaralarda tibbiy genetika, molekulyar diagnostika va genom texnologiyalari böyiça qöşma tadqiqotlarni yölga qöyiş, yoş olimlar va mutaxassislar almaşinuvini rivojlantiriş hamda universitetning ilmiy-laboratoriya salohiyatini mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi.
Şuningdek, professor A.S. Kubayev Özbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi bilan uçraşib, ikki mamlakat örtasida tibbiy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
Taşrif davomida «POLIMEDTEX» va Human Craft kompaniyalari rahbariyati bilan ham muzokaralar olib borildi. Uçraşuvlarda zamonaviy tibbiy uskunalar va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş, mutaxassislar malakasini oşiriş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.






SamDTU Matbuot xizmati