×
Menu
Close Menu

Xotin-qizlar qo'mitasi

Xudayberdieva Gavxar Ismoilovna


Qabul vaqti: Dushanba-shanba: 1500-1700
Tel: +99891 557 81 32
E-mail: xotin-qizlar@sammi.uz
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

XOTIN-QIZLAR MASLAHAT KENGASHI


  Respublikamizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrni va mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan keng koʼlamli chora-tadbirlardan asosiy koʼzlangan maqsad ularga boʼlgan eʼtiborni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Shu maʼnoda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini takomillashtirish borasida oʼtgan yillar mobaynida qator qonun va qarorlar qabul qilinib, ayolga boʼlgan eʼtibor davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda 61 % koʼproq ayollarimiz iqtisod, boshqarish, ishlab chiqarishning turli shakllarda faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar. SamDTU ida faoliyat koʼrsatayotgan professor oʼqituvchilarning 56%i xotin qizlar bo’lib, ular orasida fan doktorlari 29%, fan romzodlari 36%ni tashkil etadi. Universitetning bir qator ayollari kafedra va boʼlimlarida rahbarlik faoliyatini yuritmoqda. Jumladan: 2 nafar prorektor, 36 nafari kafedra va kurs mudirlari, universitet maʼmuriyati bo’limlarida 5 nafar bo`lim boshliqlaridir.


TARIXI


  Universitet xotin-qizlar kenashi o’zining uzoq yillik tarixiga ega bo’lib, xotin-qizlar raisi vazifalarida hurmatli ustozlarimiz Abduraxmonova Sayyora Kadirovna, Salaxitdinova Ra’no Maslaxatovna, Tilavova Sayyora Sharafutdinovna, Ibadova Dilbar Negmatovna, Yuldashova Dilorom Yuldashovna, Xusenova Shoira Akbarovna, Ishankulova Nasiba Nurmamatovnalar faoliyat yuritib, xotin-qizlar kengashi ishining rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishgan.


KENGASHNING ASOSIY MAQSADI


  Xotin - qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar va mehnat turlaridagi faoliyatini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jaʼmoat ishlarini olib borish; xotin - qizlar oʼrtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, o’tkazish; xotin - qizlarning huquqlarini muxofaza qilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish; iqtidorli qizlar to’garagini yo’lga qo’yish, iqtidorli qobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomdar davlat mukofotlariga tavsiya qilishda ishtirok etish ; oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq boʼlish, xotin - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muxofaza qilish, xotin qizlarning madaniyat va sportga boʼlgan qiziqishlarni oshirish; xotin - qizlarimiz oʼrtasida xalkimiz maʼnaviyatiga, turmush tarziga yot bo’lgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oʼz joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish; xotin - qizlar oʼrtasida ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, diniy ekstremizm missionerlik gʼoyalarining tarqalishini oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlik holatlaridan himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron qizlarimizni doimiy nazoratga olib ko’mak berish, yordam ko’rsatish va qo’llab quvvatlash.


KENGASHNING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:


  Xotin qizlarning jamiyatda siyosiy , ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʼllab quvvatlash, ularning ijtimoiy iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni maʼnaviy barkamol, gʼoyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yoʼlida oʼz kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish hisoblanadi.

  Universitetning ijtimoiy hayotida, professor-oʼqituvchilar, yordamchi texnik xodimlar, Talaba-qizlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borishda xotin-qizlar maslahat kengashi raxbariyat koʼmagida faol ishtirok etib kelmoqda.

  Talaba-qizlar maʼnaviy olami ruhiy-psixologik holatini oʼrganib borish maqsadida, talaba qizlarda yuksak maʼnaviyat tushunchalarni shakllantirish borasida uchrashuvlar, davra suhbatlari oʼtkaziladi. Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba qizlarda sogʼlom turmush tarzi malakalarini shakllantirish, oʼz salomatligiga nisbatan masʼuliyat, turli zararli odatlarga ruju qoʼymaslik, faxsh yoʼliga kirmaslik, muntazam ravishda sport bilan shugʼullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyatiga rioya qilishni shakllantirish, talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, qizlarning oʼzlarini tutishlari, oʼqishga va kelajak hayotga boʼlgan munosabatlariga bagʼishlangan turli tadbirlar, davra suhbatlari talabalarning turar joylarida ham doimiy amalga oshirib keladi.

  Har  bir sohada bo’lgani kabi ilm fan sohasida ham ayollarni o’rni beqiyosdir. Yosh olima xotin - qizlarimiz oxirgi vaqtlarda ilmiy izlanishlar borasida faollik ko’rsatmoqdalar. Iqtidorli talaba qizlarimiz davlat stpendiyalariga, jumladan I.Karimov, Ibn Sino, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi nomdar stipendiyalari gʼolibi boʼlishgan.


JAMOAMIZNING BARCHA AʼZOLARI OʼZLARINING XAYRLI ISHLARI, MEHNATSEVARLIGI BILAN JAMIYATIMIZNING TINCHLIGI VA FAROVONLIGIGA HISSA QOʼSHMOQDALAR.