O'quv- uslubiy bo'limi boshlig’i
Garifulina Lilya Maratovna
Qabul vaqti: | Dushanba-juma 14:00-16:00 |
Tel: | (0366)233-36-79 |
Fax: | (0366)233-71-75 |
E-mail: | uquv.bulim@mail.ru |
Manzil: | Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy |
Samarqand Davlat meditsina universitetida oʼquv jarayoni Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saklash vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy xujjatlar asosida tashkil etilgan xamda “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga amal qiladi.
Hozirgi paytda universitetda 9ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 8000 ta student, 35 ta mutaxassislik bo‘yicha 234 ta magistratura rezidentlari va 41 ta mutaxassislik bo‘yicha 364 tadan ortiq klinik ordinatorlar tahsil olmoqda.
2020 – 2021 o‘quv yilidin boshlab Privoljsk tibbiy tadqiqot universiteti, I.Ya.Gorbachovskiy nomidagi Ternopol' milliy tibbiy universiteti, I.N.Ul'yanova nomidagi Chuvash davlat universiteti bilan qo‘shma fakul'tet o‘z faoliyatini boshladi, bu yerda 6 ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha 300 tadan ortiq student tahsil olmoqda. 2021-2022 o‘quv yilida "Farmatsiya" yo‘nalishi bo‘yicha Saratov davlat meditsina universiteti bilan qo‘shma o‘quv dasturi boshlandi va shu asosida 20 ta student qabul qilindi.
Universitetning 8 ta fakul'teti va 84 ta kafedrasida 624 ta pedagog: 78 ta tibbiyot fanlari doktori (ulardan 58 tasi professor), 207 ta tibbiyot fanlari nomzodi (ulardan 152 tasi dosent), 37 ta katta o‘qituvchi o‘quv – uslubiy faoliyat olib bormoqda.
OʼQUV-USLUBIY BOʼLIMINING MAJBURIYATLARI VA FUNKTSIYALAR:
Oʼquv-uslubiy boʼlim Samarqand davlat meditsina universitetining tarkibiy boʼlinmalardan boʼlib, uning asosiy vazifalari universitetdagi oʼquv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish xisoblanadi.
Аsosiy funktsiyalari:
• 1-6 kurs talabalari uchun oʼquv mashgʼulotlari jadvalini tuzish, oʼquv jarayonining xulosaviy jadvali, imtihon mashgʼulotlari jadvalini tekshirish;
• oʼquv yili uchun studentlar, oʼquv guruhlari va okimlar sonini hisoblash;
• oliy tibbiy taʼlim mutaxassisliklari oʼquv dasturlarini tayyorlash;
• oʼquv yili uchun kafedra professor-oʼqituvchilarining oʼquv va boshqa ish turlari hajmini hisoblash va muvofiqlashtirish;
studentlar intizomini nazorat qilish;
• Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi bilan davlat attestatsiya komissiya raislarini muvofiqlashtirish;
• soatbay ish haqi stavkalari boʼyicha shartnoma shartlari boʼyicha oʼquv ishlarini bajarish uchun hujjatlarni tekshirish, tasdiqlash va farmoyishlar tayyorlash, uning bajarilishini nazorat kilish;
• Studentlarning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan koʼchirish va qayta tiklash boʼyicha murojaat qilgan fuqarolarga tegishli maslahatlar berish;
• oliy taʼlim muassasalarining oʼquv dasturlaridagi ilmiy farqlarni hisoblash .
O'quv-uslubiy bo'lim xodimlari