Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

Tangirov Eldor Sayfullaevich

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor


Qabul vaqti: Juma kuni 14:00 dan 17:00 gacha
Tel: +998662330976
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: e.tangirov@inbox.ru
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

  O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish mamlakatdagi davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biriga aylandi. Ta’limni takomillashtirish sohasidagi islohatlardan biri barkamol avlodni har jihatdan tarbiyalash, ularni vatanparvarlik va mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruqida tarbiyalash maqsadida barcha oliy o‘quv yurtlarining “Ma’naviyat va Ma’rifat” markazlari hamda tarbiyaviy va manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi tashkil etildi.


O‘TGAN YILLAR DAVOMIDA INSTITUTDA YOSHLAR TARBIYASI, MA’NAVIYAT VA MARIFAT ISHLARI BO‘YICHA ISHLAB KELGAN PROREKTORLAR:


prof. Q.A. Asqarov 1992-1995 yy.,

prof. D.R.Qo‘ldashev 1995-1991 yy.,

dots. B.T.Tilavov 1996-1998 yy.,

dots .U.B.Samiev 1998-2004 yy.,

prof. N.M.SHavazi 2005-2014 yy. ,

dots .A.M.Isakov 2014-2020 yy.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor” lavozimi joriy etildi.

  Institutdagi o‘quv va tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorning asosiy vazifalari ma’naviy- ma’rifiy tizimga rahbarlik qilish, ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda zarur ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish, barcha sohalardagi xodimlarni o‘qitishni tashkil etish, turli to‘garaklar, sport va jamoat klublari uchrashuvlar tashkil qilish, talabalarga hurmatni keng tushuntirish, umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy an’analari, Vatanga sevgi, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, ma’naviy soxalarda yutuqlarga erishish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, yangi zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni shakllantirish, o‘z vataniga sadokatli, ma’nan va jismoniy barkamol yoshlarini tarbiyalashdan iborat.

  Institutda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishda jamoat tashkilotlari alohida o‘rin tutadi. Jamoat tashkilotlarini talablar bilan olib boradigan faoliyati institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. Bugungi kunda institutda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, institut xotin-qizlar maslahatchisi, bosh murabbiy, psixolog, talabalat turar joylari pedagog tarbiyachilari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA PROREKTORNING ASOSIY MAQSAD VAZIFASI:


 • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;

 • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashishni ta’minlash;

 • Vazirliklar va yukori tashkilotlarning buyruqlari va ko‘rsatlamalari, institut Ilmiy kengashi qarorlari hamda institutning ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar tarbiyasiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish;

 • Davlat ta’lim standartlari asosida ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

 • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

 • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha institut Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

 • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

 • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

 • Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy jarayonni ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

 • Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

 • professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejasi 5-bandini bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

 • ma’naviy-ma’rifiy sohadagi anjumanlar, uchrashuvlar davra suhbatlari va konferensiyalarni tashkil etish,

 • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayoniga ko‘maklashish;

 • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

 • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

 • Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ma’naviy –ma’rifiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

 • Institutlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

 • Institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.

 • Institutda har doim yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini egallashiga, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, korrupsiya, giyoxvandlik, OITS, terrorizm, ekstremizm kabi illatlarga karshi kurashish, alkogolizm va boshqa salbiy illatlarni oldini olish;