Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Talabalar amaliyoti bo‘limi

Bakirov Asadullo Abdiqodirovich

Bo’lim boshlig’i


Qabul vaqti:  Dushanba-Shanba: 08:30-16:00
Tel: +998 (66) 233 26 08
+998 (90) 030 07 06
E-mail: bakirov.asadullo0808@gmail.com
Manzil: Samarqand sh., Аmir Temur koʼch., 18 - uy

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida malakaviy amaliyot jarayoni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining barcha yo’nalishlar kesimida tahsil oladigan talabalar, universitetning talabalar amaliyoti bo’limi tomonidan shartnoma asosida tashkil etilgan klinik amaliyot bazalarida malakaviy amaliyotni o’tashlari mumkin. 

TALABALAR AMALIYOTI BO’LIMI MAJBURIYATLARI VA FUNKSIYALARI:

  1. Talabalar amaliyoti bo’limi Samarqand davlat tibbiyot universitetining tarkibiy boʼlinmalaridan boʼlib, uning asosiy vazifalari universitetdagi malakaviy amaliyot jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va amaliyot yakuniy baxo qaydnomalarini hisoblash hamda ularni tegishli platformalarga kiritish.
  2. 1-5 kurs talabalari uchun malakaviy amaliyot mashgʼulotlarini tashkillashtirish bo’yicha tegishli buyruqlarni ishlab chiqish, jadvalini tuzish, amaliyot jarayoni qayerda va qaysi amaliyot bazalarida o’tkazishni rejalashtirish jadvali, amaliyot imtihoni jadvalini ishlab chiqish;
  3. oʼquv yilida malakaviy amaliyotni tashkillashtirish uchun talabalarning ro’yxatini shakllantirish;
  4. mutaxassisliklar kesimida amaliyot dasturlarini tayyorlash;
  5. malakaviy amaliyot davrida talabalarning tartib intizomini nazorat qilish;
  6. Talabalarning boshqa tibbiy muassasalarida amaliyotni o’tash bo’yicha murojaat qilgan talabalar va ularning yaqin qarindosh (fuqaro)lariga tegishli maslahatlar berish;
  7.  Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  8.  Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  9.  O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  10.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
  11.  O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.