Tuzilishi
Hozirgi kunda institutda 65 nafar talabalar ilmiy to'garaklari mavjud bo'lib, ularda 1152 iqtidorli talabalar faol ishtirok etib kelmoqdalar. So’ngi bir yilda 314 nafar talabalar Xalqaro va Respublika miqyosidagi tanlovlar, konferentsiyalar va fan olimpiadalari g'olibiga aylandi.
Institutda O'zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi, I.Karimov va Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyalari g’oliblari mavjuddir. Shuningdek, 3 nafar talaba tanlovdan muvaffaqiyatli o'tib, "O'zbekneftgaz" AJ stipendiyasini qo'lga kiritdilar.
2020 yilning ikkinchi yarmida ilk marotaba institutda Davlat stipendiyalaridan tashqari iqtidorli talabalarni saralash va ularni keyingi faoliyatlarida rag'batlantirish maqsadida "Rektor stipendiyasi" tashkil etildi.
"Rektor stipendiyasi" - iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish, ularni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish va iqtidorli talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida har semestr natijalari bo'yicha ajratilgan oylik stipendiya. Tanlovda 52 nafar talaba g'olib bo'lib, "Rektor stipendiyasi" nomzodiga sazovor bo'ldi.
So'nggi bir yil ichida 273 nafar talabalar Respublika va Xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo’ldilar. 2021 yilda Respublika fan olimpiadasida institutning 7 nafar talabalarisi sharafli o'rinlarni egallashdi.
Institutning iqtidorli talabalari har yili tibbiyot institutlari va xorijiy mamlakatlarning markazlari tomonidan tashkil etiladigan talabalar konferentsiyalarida faol qatnashadilar.
Talabalar ilmiy jamiyati raisi
Payzullayeva Umida Furkatovna
iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish bo'limi boshlig'i
Fakultetlar bo’yicha mas'ullar
Asatulayev Akmal Farhatovich
assistent, davolash fakulteti ilmiy to’garaklar mas'uli
Nabiyeva Farangiz Sadriddinovna
assistent, pediatriya fakulteti ilmiy to’garaklar mas'uli
Nazarova Gulchehra Hamraqulovna
assistent, tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti ilmiy to’garaklar mas'uli
Axtamov Shahrob Dilshodzoda
assistent, stomatologiya fakulteti ilmiy to’garaklar mas'uli
Sattarova Hulkar G’ayratovna
assistent, farmatsiya fakulteti ilmiy to’garaklar mas'uli
Kurbanov Bekzod Vohidovich
assistent, tibbiy pedagogika fakulteti ilmiy to’garaklar mas'uli
«Rektor stipendiyasi» sohiblari
Iskandarov Abdullajon Samandar o’gli.
Tibbiy-profilaktika fakulteti, 2- kurs
Shamsiyev Shoxzod Jamshedovich
Davolash fakulteti, 4-kurs
Mirzoev Rajabali Ilkhomovich
Davolash fakulteti, 4-kurs
Sultonov Odiljon Raimovich
Pediatriya fakulteti, 6- kurs
Saidova Diyora Otabek qizi
Stomatologiya fakulteti, 2- kurs
Mamaraimov Ibrokhim Khayrullo o’gli
Pediatriya fakulteti, 2- kurs
Furkatov Shokhjakhon Furkatovich
Terapevtik stomatologiya, 2- kurs magistr
Shakulov Azizbek Murodullayevich
Davolash fakulteti, 5- kurs
Erkinov Munis Avazovich
Stomatologiya fakulteti, 5- kurs
Karimov Doniyor Tokhirovich
Stomatologiya fakulteti, 5- kurs