O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib, 1004-yildan boshlab, Gurganchda «Majlisi ulamo» nomini olgan ilmiy muassasa to‘la shakllangan va bu ilmiy muassasa «Ma’mun akademiyasi» deb nom berilgan. Ushbu akademiya vafaqat fundamental fanlar balki dorishunoslik fani bilan ham shug’ullangan. Ushbu akademiyada Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al-Jadiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad ibn Muhammad as- Sahriy kabi o’z davrining ilg’or mutaffakirlari faoliyat yuritgan.
Abu Rayhon Beruniy
Abu Ali ibn Sino
Muhammad as- Sahriy
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi mustaqil davlat tomonidan cheklangan dorixona 754-yili Bag‘dod shahrida ochilgan. 1913-yilda eski shaharda birinchi erkin savdo qiluvchi dorixona ochildi. 1917-yilga kelib, O‘zbekistonda 46 dorixona bor bo‘lib, ulardan 29 tasi shaharda va 17 tasi qishloqda faoliyat ko‘rsatgan. 1922-yilda Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash komissariati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil qilindi. Bu chora-tadbirlar natijasida shahar va qishloqlarda dorixonalar soni asta-sekin ko‘payib, aholini dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash ishlari yaxshilana boshlandi. Bu davrdagi eng dolzarb va muhim masalalardan biri — bu oliy va o‘rta farmatsevt mutaxassislarning yetishmasligi bo’lgan. Shuning uchun joylarda farmatsevtlar yo‘qligi sababli, dorixonalarda feldsherlar ishlar va shunga ko‘ra, dorixonalar soni yetishmagan. Bu muammolarni hal qilish uchun O‘zbekistonda o‘tgan asrning 20-yillarida tibbiy ta’lim va mahalliy kadrlarni tayyorlashga asos solindi.
O’zbekiston Respublikasida Toshkent farmatsevtika intituti tarkibida Farmatsevtika ishini tashkil qilish kursi 1939-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha davrda «Farmatsevtika ishini tashkil qilish va farmatsiyaning tarixi» deb atalgan. 1951-yilgacha, sud kimyosi kafedrasi tarkibiga 1951-1957-yillar, meditsina tovarshunosligi kursi tarkibida, ya’ni 1957-yilgacha bu kurs turli xil kafedralar tarkibiga kirgan. O’zbekiston Respublikasida birinchi Farmatsevtika ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti kafedrasi 1958-yil sentyabrdan boshlab, alohida mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 1958-yil 9-sentyabrdagi 594-sonli buyrug‘i bilan Erkin Rahimovich Toshmuxamedov mudir etib tayinlandi. Toshmuxamedov E.R. 1960-yil 12-dekabrida Moskva farmatsevtika institutini ilmiy kengashida “O‘zbekiston aholisini dori vositalari bilan ta’minlashni takomillashtirish usullari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimizda bor-yoʻgʻi 2 ta farmatsevtika korxonasi faoliyat yuritgan. Mahalliy ilmiy-tekshirish institutlari bilan hamkorlikda 20 ga yaqin dori ishlab chiqarilgan. Dori-darmon va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, uning sifatini nazorat qilish, eksport-importini amalga oshirish, sohada malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi ishlar oʻz holiga tashlab qoʻyilgani, sohada faoliyat yurituvchi olimlarga eʼtiborning yoʻqligi, gʻoya va loyihalarga pul ajratilmagani oʻz-oʻzidan soha rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Tarmoqda zamonaviy dorilar yaratilmagan yoki yaratilgani ham ishlab chiqarishga tatbiq etilmagan. Chunki infratuzilma, xalqaro sifat sertifikatini bera oladigan laboratoriyalar yaqin-yaqingacha yoʻq edi. Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari ham bir navi faoliyat olib borardi.
Samarqandda birinchilardan bo’lib Samarqand davlat tibbiyot instituti tarkibida, farmatsiya fakultetiga qarashli yo’nalishlar 2018-yilda ochilgan bo’lib, fakultetga professor Nurali Mamedovich Shavazi boshchilik qilgan. Birinchi Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi esa 2022 yil tashkil etildi. Kafedra mudiri etib Nigina Sobirjonovna Bozorova tayinlangan. 2025-yilda Farmatsiya fakulteti Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakulteti deb nomlandi. Кafedra yo’nalishi mahalliy xom ashyodan xalqimiz uchun hamyonbob dori vositalarini ishlab chiqish va realizatsiya qilishdir. Shu yo’nalishda kafedrada 2025-yildan 7 xil biologik aktiv moddalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma olindi, hamda iste’molga tavsiya etildi.
Ulashish