Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Yangi adabiyotlar taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

 Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Kitob bilim manbai” rukni ostida yangi adabiyotlar taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiya tashkil etildi.

  Konferensiyani ochilishida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev tomonidan bugungi kunda nafaqat universitetda balki, butun Respublikamiz bo‘ylab tibbiy ta’lim jarayonida zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga bo‘lgan talabning yuqoriligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

  Anjumanning asosiy qismida universitet professor-o‘qituchilari muallifligida nashr etilgan, zamonaviy talabalarga javob beradigan adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalari taqdimoti o‘tkazilib, talabalarga tanishtirildi.

  Konferensiya yakunida ta’kidlanganidek, zamonaviy va sifatli o‘quv adabiyotlarini yaratish hamda ta’lim jarayoniga keng joriy etish bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadbir professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, talabalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda universitetda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

6a217e8787ea0.jpg



SamDTU Matbuot xizmati