Joriy yilning 15-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari" nomli talabalar va yosh olimlarning 80-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Rossiya, Belarusiya, Bolgariya, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda Respublikamizning 47 ta oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlaridabn 1200 nafar talabalar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev so‘zga chiqib, tashkil etilgan mazkur konferensiyaning Respublikamizda ilmiy va amaliy tibbiyotning yanada rivojlanishi, xalqaro maydon bilan tajriba almashishning kengayishidagi ahamiyati haqida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarga omad tiladilar. Ochilishning keyingi qismi bayramona tarzda kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli chiqishlar bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini 25 ta sho‘ba bo‘yicha davom ettirdi. Konferensiya sho‘balarida talabalar va yosh tadqiqotchilarning taqdimotlari namoyish etildi. Anjuman davomida tibbiyotning ko‘plab dolzarb muammolari bilan bir qatorda “Yosh olimlar klubi” davrasi tashkil etilib, tibbiyotdagi innovatsion g‘oyalar, Start-UP loyihalari muhokama qilindi. Yakunda anjuman ishtirokchilariga diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» talabalar va yosh olimlar an’anaviy 80- Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi talabalar va yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning salohiyati va ilmiy yutuqlaridan samarali foydalanish, fundamental va klinik fanlar o‘qitish sifatini yanada oshirish, mamlakatimizda tibbiyot sohalarini rivojlantirish hamda oliygohlarni xalqaro hamkorligini rivoj toptirishga xizmat qiladi.

























SamDTU Matbuot xizmati