×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi M.G‘.Olitiboyeva muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ish olib boradi:                                                       

  • Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi.  
  • respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  • talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  • talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
  • talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
  • o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi  tomonidan  har yili dorivor o’simliklar yarmarkasi ma’naviy ma’rifiy tadbiri o‘tkaziladi. Bu tadbirlardan asosiy ko’zlangan maqsad — talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasbga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, dorivor o‘simliklarning foydali xususiyatlarini targ‘ib qilish, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha talabalarga kengroq tushuncha berishdir. Shu jumladan 2025 yil mart oyida   dekanat xodimlari, 4-5 kurs talabalari, kafedra xodimlari qatnashdilar.  Yarmarka davomida turli dorivor o‘simliklar ko‘rgazmasi va savdosi, xususan, SamMedFarm dan Namatak,  Kiyik-o’ti, Ermon o’ti, do’lana mevasi va boshqa  mahsulotlarni taqdim etdilar.

  1-son talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab “Boburni yod olib” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi va  5 kurs talabalari  chiroyli saqna ko’rinishlar,she’rxonliklar tashkil etildi.

  Talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 1-sonli Talabalar turar joyida   Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi hamda  Yoshlar Ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba qizlar o‘rtasida "Balli qizlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ko’rik tanlovda fakultetimiz 1-2 kurs talaba qizlarimiz ishtirok etib, faol qatnashgan talabalar qimmatbaho  sovrinlar bilan taqdirlandi.

  Oliy ta'lim muassasalarida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi xodimlari Samarqand tumani   26-maktabga bir qator tadbirlar tashkil etishmoqda. Shu jumladan 17-mart kunikafedra xodimlari maktab ma'muriyati va maktab o'quvchilari bilan uchrashib Kitobxonlik madaniyati targ’ib qilindi. Maktab o‘quvchilari bilan dori vositalar inson salomatligiga qay darajada muhimligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Bugungi kunda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dorilar muhim ahamiyat kasb etishi, dorilar kasalliklarni nazorat qilish va salomatlikni yaxshilash uchun samarali vosita bo‘lishi mumkinligi to’g’risida tushunchalar berildi. Davra suhbati mobaynida maktab o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Tashrif davomida maktab bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar uchun mahorat darslari tashkil etildi. 

  Farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi “Islohatlar bilimdoni” keng tarmoqli Respublika ilmiy-ma’rifiy ko’rik-tanlovining Samarqand davlat tibbiyot unversiteti bosqichida faol qatnashganligi uchun  “Ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha eng yaxshi kafedra” naminatsiyasi bo’yichakafedra g’olib dep topildi.