Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Indoneziyaning yetakchi oliygohi bilan hamkorlik qiladi

  Joriy yilning 20-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Indoneziyaning Alma Ata universiteti rektori, professor Hamam Hadi boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik alqorlarini o‘rnatish hamda kelgusida birgalikdqa ilmiy-amaliy loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

  Uchrashuv yakunida ilmiy-tadqiqot loyihalari va qo‘shma ilmiy nashrlar bo‘yicha hamkorlik qilish, ilmiy materiallar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, birgalikda ilmiy-amaliy anjumanlar va simpoziumlar tashkil qilish masalalarini o‘z ichiga olgan memorandum imzolandi.


SamDTU Matbuot xizmati