×
Menu
Close Menu

​“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi ommaviy yurish marafoni o'tkazildi

  Bugungi kunda aholi hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida bir qator ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

  Jumladan bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi  ommaviy yurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashqlari bajarildi. Erta tongdan universitet rektori Jasur Rizayev boshchiligida butun universitet jamoasi hamda talabalari yurish marafonida ishtirok etib, badantarbiya mashqlarini bajardilar.


SamDTU Matbuot xizmati