×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Kafedra farmatsevtika sohasida tashkil qilingan turli xalqaro anjumanlarda faol qatnashmoqda. Jumladan Turkiyaning Yetube universiteti, Tojikiston davlat tibbiyot universiteti shular jumlasidandir. Yeditepe Universiteti (Turkiya Respublikasi, Istambul shahri) da 2024-yil 5-8-sentyabr kunlari o'tkaziladigan Turkiy davlatlarning birinchi tibbiy kongressida Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi mudiri Bozorova Nigina Sobirjonovna ishtirok etdilar. Hamda Yeditepe Universiteti Klinik farmatsiya asoslari-1 yo’nalishida akademik mobilnik doirasida Bozorova Nigina Sobirjonovna Farmatsiya 4-kurs talabalariga dars o’tdilar.

  2024-yilning 16-17-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining V-Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

  Xalqaro talabalar Olimpiadasida Polsha, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Turkiya va Ozarbayjon davlatlari 76 ta oliy tibbiyot oʻquv yurtlarini 120 ortiq professor-oʻqituvchilari rahbarligida 300 ga yaqin talaba-yoshlar offlayn, 3000 ziyod onlayn tarzda ishtirok etdilar. Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi o’qituvchilarining shogirdlari Farmatsiya talabalari Mo’minbayev Diyorbek, Ro’zimurodov Baxtiyor, Bekanov Bobur, Raxmonqulov Bekod, Shopulatov Mirjalol olimpiada qatnashib yetakchi o’rinlarni oldilar.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi hamda Germaniyaning Bayer Pharmaceutical kompaniyasi o’rtasida “Инноваинные подходы в промышленной фармации: опыт Bayer Pharma” mavzusida ilmiy amaliy anjuman o’tkazildi.

  Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi xodimlari bilan Rossiya federatsiyasi Kursk davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Горизонты биофармацевтики» ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazdilar. Konferensiyada kafedra xodimlari o’zlarining ilmiy ishlari va ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar.

  Bundan tashqari kafedra “Asfandiyorov nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti”, “Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasi” Tojikistonning “Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat universiteti” va boshqa oliy ta’lim muassasalarining farmatsiya yo’nalishidagi kafedralari bilan xalqaro aloqalar o’rnatib, birgalikda offline va online darslar, vebinarlar tashkil qilishmoqda.

  Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi farmokognoziya va botanika kursi kafedrasi mudiri Shertayeva Klara Djolbarisovna, Abu Ali ibni Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi mudiri Yo’ldosheva Dilnavoz Xasanovna, hamda Alfraganus tibbiyot universiteti Farmatsevtika va kimyo kafedrai mudiri Jalilov Fazliddin Sodiqovichlar ishtirokida “Zamonaviy tovarlar bozori” mavzuidagi online xalqaro seminar o’tkazildi.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda. Jumladan, Dushanbeda Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat universitetida Yosh olimlar va talabalarning XX ilmiy-amaliy konferensiyasi “Zukko Tibbiyot ta'limi va fanidagi texnologiyalar: innovatsion yondashuvlar" bilan xalqaro, konferensiya doirasida,  2025-yil 24-25-aprel kunlari farmatsiya bo‘yicha xalqaro olimpiada  Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi mudiri Bozorova Nigina Sobirjonovna va 2-kurs talabasi Pulatov Firdavs qatnashishdi.
  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi bir nechta oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  •  Tegeran davlat tibbiyot universiteti (Eron davlati): Professor Fatemex Atyabi
  • Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi farmokognoziya va botanika kursi kafedrasi mudiri: Professor Shertayeva Klara Djolbarisovna
  •  S. D. Asfandiyor nomidagi Qozog'iston milliy tibbiyot universiteti Farmatsiya va klinik farmatsiya iqtisodiyotini tashkil qilish va boshqarish kafedrasi dotsenli E.A Serikbayeva
  •  Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat universiteti Farmatsevtik va toksikologik kimyo kafedrasi mudiri Navruzzoda Gandjina Furqat va Farmatsevtik va toksikologik kimyo kafedrasi assistenti Xolov Murodali Shakaraliyevich
  •  Rossiya federatsiyasi Kursk davlat tibbiyot universiteti