×
Menu
Close Menu

​“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklarining bitiruvchi bosqich talabalarini sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining tahsil olish jarayonida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari va munosib daromad olishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida turli chora tadbirlarni ilgari surib kemoqda.

  Jumladan joriy yilning 30-aprel kuni "Yoshlar kuni" doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv  hamda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Mehnat yarmarkasida viloyatdagi barcha tibbiyot birlashmalari va tibbiy muassasalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

  Mazkur yarmarkada talabalar bo‘sh ish o‘rinlari hamda ishga joylashish tartib-qoidalari bilan tanishib, ish beruvchi tashkilotlar bilan suhbatlar uyushtirdilar.

  Tadbirda 1500 nafar turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta'limni tamomlayotgan bitiruvchilar qatnashishib, jami 122 nafar ortiq bitiruvchilar o‘zlarining ish o‘rinlarini band qiluvchi shartnomalar tuzishdi.

  Shuningdek, tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan Samarqandlik bitiruvchilar hamda mas'ul xodimlar, jumladan universitetning Davolash fakulteti dekani E.A.Rizayev ham ishtirok etdi.

  Tadbirning keyingi qismida yarmarkaga doir yig‘ilish tashkil etilib, unda Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Xusan Tuxtayev, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev hamda viloyatdagi tibbiyot birlashmalari rahbarlari va talabalar ishtirok etdi.

  Yig‘ilishda talabalarga mavjud ish o‘rinlari va birlashmalarda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati