Joriy yilning 11-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Yaponiyaning GIFU universiteti Sog‘liqni saqlash boshqaruvi markazi direktori boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev qabul qilib, o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda GIFU universiteti o‘rtasidagi ilmiy va amaliy aloqalarni yanada mustahkamlash, kelgusida birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga kelishildi. Jumladan, SamDTU huzuridagi l.M. Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti bilan birgalikda O‘zbekiston aholisi ichak mikrobiomining metagenomik tahliliga asoslangan simobga chidamlilik genlarini xalqaro qiyosiy o‘rganish ishlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokamalar markazida bo‘ldi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining dunyoning rivojlangan mamalakatlari muassasalari bilan ilmiy hamda amaliy hamkorligi mamalakatimiz ilm-fani va sog‘liqni saqlash xizmatini modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.





SamDTU Matbuot xizmati