Kafedrada “Farmatsevtika himoyachilari” nomli talabalar ilmiy jamiyati ham faoliyat olib bormoqda. Unda talaba yoshlar faol ishtirok etib o’zlarining ilmiy ishlarini olib bormoqda."Farmatsiya ishini tashkil qilish" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Farmatsevtika himoyachilari" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi. Talabalar ilmiy jamiyati tasdiqlangan ish reja asosida faoliyat ko'rsatmoqda. "Farmatsevtika himoyachilari" TIJ ga Farmatsiya fakultetidan 51 nafar talaba aʼzo bo'lishgan.
O’quv yili davomida, reja asosida TIJ bo'yicha kafedraning ma’sul assistenti B.X. Axmedov boshchiligida kafedra xodimlari va TIJ ga qatnashayotgan talabalar ishtirokida to'garak yig’ilishi o'tkazib kelinadi va rasmli bayonnomalar qayd etiladi. To’garak a’zolari tomonidan Respublika va xorijiy jurnallarda kafedra proffesor-o’qituvchilari bilan birgalikda muntazam maqolalar berib borishadi.
Respublikada, MDX miqyosida va xorijda oʼtkaziladigan turli xil ilmiy-amaliy konferentsiyalarga tezis va maqolalar tayyorlab yuborishda hamda o'z pedogogik mahoratidan foydalangan holda ish olib borishadi. Kafedra xodimlari tomonidan to'garakda o'tkazilayotgan prezentatsiyalar va ularning muhokamasi faol yo'lga qo'yilgan. Har oyda TIJ rejasi tuzilib, shu asosida o'tkaziladigan to’garak yig’ilishi bayonnomalari tayyorlandi va har bir o'tkazilgan mavzu bo'yicha rasmli bayonnomalar mavjud. Talabalar nafaqat kafedrada, balki turli farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari, dorixonalarga ham borib o’z bilim va malakalarini oshirmoqdalar. Masalan, Samarqand shahar “Integra” ishlab chiqarish korxonasida bo’lib, suyuq dori shakllarini ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishdilar. Shuningdek, “Dori-darmon” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga borib dorixonaga kerak bo’ladigan normativ hujjatlar bilan tanishdilar. Samarqand viloyati “Meros Pharm” korxonasining omborxona bo’limiga qilingan sayohat talabalarda chuqur ta’surot qoldirdi.
Talabalarimiz oʼzlarining ilmiy maqolalari va tezislari bilan xalqaro konferentsiyalarda qatnashib kelmoqda. TIJ qatnashchilari biriktirilgan ustozlari bilan birga 60 dan ortiq ilmiy maqolalarini turli xil ilmiy jurnallarda chop ettirishdi.
“Fundamental amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada talabalarimiz ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ko’plab tezislari bilan faol ishtirok etib faxrli oʼrinlarni egallashdi. Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalarada shu kungacha 20 dan ortiq o’rinlarni egallashdi. Jumladan, Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakulteti 4- kurs talabalari: Jumaboyeva Umida, Azimova Sevinch, Matyakubova Mavzuna, Xo’jayev Baxtiyor, Pulatov Firdavs “Asfandiyorov nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti”da o’tkazilgan II xalqaro “Управление и экономика фармации” nomli olimpiadada GRAN PRI sohibi bo’lishdi. Tojikistonning “Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat universiteti”da o’tkazilgan olimpiada va konferensiyalarda faol ishtirok etib, faxrli II, III, o’rinlarni egallashdi. Bulardan Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakulteti 3-kurs talabasi Bekanov Bobur faxrli I o’rin, 5-kurs talabasi Raxmonqulov Bekzod II o’rin, 3- kurs talabasi Karimova Asalxon faxrli III o’rinni egallashdi. Fakultet kengashida ularga tashakkurnomalar berilib, qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Bu kelajakda talabalar uchun o’z ustida ishlashi uchun katta motivatsiya bo’lib xizmat qildi. To’garak a’zolari tomonidan jami 40 ta maqola, 20 ta diplom, 12 ta sertifikat, 7 ta faxriy yorliqlar va "rektor stipendiyasi" g’olibi mavjud.