×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi, Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakultetining bakalavriatning 5 ta kurs talabalari jami 6 ta fanni o’rganishadi. Bular Mutaxasislikka kirish, Farmatsevtika iqtisodiyoti, Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Sanoat farmatsiyasi, Farmatsevtik boshqaruv, Dori vositalarini standartlashtirish fanlaridir. Bundan tashqari Farmatsevtika ishini tashkil qilish va  boshqarish yo’nalishida 1-2-kurs magstrlar ham ta’lim olishadi. Ularga Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Farmasevtika tashkilotlarida boshqaruv tizimi, farmasevtik marketing tadqiqotlari, farmakoiqtisodiyot, sanoat farmastsiyasi, ilmiy-pedagogik ish kabi mutaxasislik va ilmiy-metodologik fanlarni o’z ichiga oladi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
  Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;

  Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan: tasdiqlangan tashxis standartlari, xalqaro tavsiyalar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Kafedraning umumiy maydoni 385 m2, ma’ruza zali 1 ta, o’quv xonalari 6 ta, kafedra mudiri xonasi 1 ta. Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan barcha mavzularning ta’lim texnologiyasini o’zida jamlangan ma’ruzalar, amaliy ko’nikmalar, videoma’ruzalar va testlar banki mavjud. Talabalar mt.sammu.uz platformasi orqali barcha mavzularni o’zlashtirishishlari mumkin. Seminar darslarida og’zaki savol-javob, aqliy hujum, interaktiv o’yinlar orqali talabalar bilimi mustahkamlanadi. Testlar bankidan mavzu bo’yicha test savollari, rasmli testlar, vaziyatli test savollari orqali olgan bilimlari nazorat qilib boriladi. Har bir fandan mavzulashtirilgan ishchi daftarlar tashkil qilingan bo’lib, talabalar klasterlar, jadvallar, savollarni to’ldirib borishadi. Seminar darslarni turli ko’rinishlarda tashkil qilinganligi talabalarda yanada qiziqish uyg’otib, diqqatni jamlashga yordam beradi. Platformaga qo’yilgan videoamaliy ko’nikmalar talabalarning mustaqil shug’ullanishlari va fan mavzularini chuqurroq tushunishlari uchun yordam beradi. Barcha amaliy ko’nikmalar uchun jadvallar berilgan bo’lib, talabalar berilgan ko’nikmalarni o’zlashtirish holatini belgilab borishadi. Talabalarga auditoriya mashg’ulotlaridan tashqari mustaqil ta’lim olishi uchun ham barcha fanlardan mustaqil ish mavzulari berib boriladi. Kafedra assistentlari mustaqil ta’limni to’g’ri yo’lga qo’yish uchun, talabalarga har bir mavzu yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berib boradi.

Kafedra kutubxonasi: 

  Kafedra o’qituvchilari tomonidan 7 ta “Mutaxassislikka kirish”, “Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi”, “Sanoat farmatsiyasi”, “Farmatsevtik boshqaruv”, “Маркетинговые исследования в фармации 1-2-часть”, “Dori vositalarini standartlashtirish” nomli  o’quv  qo’llanmalar va o’quv uslubiy qo’llanmalar chop etildi. Kutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud. Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Shu bilan birga 20 dan ortiq o’quv uslubiy tavsiyanomalar ham chop etilgan bo’lib. Bu o’quv uslubiy tavsiyanomalar Farmatsevtika iqtisodiyoti, Farmatsevtik boshqaruv, Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Sanoat farmatsiyasi, Dori vositalarini standratlashtirish fanlaridan chop etilgan bo’lib amaliy darslar va labaratoriya mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga ega.