9-may — “Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda inson qadri, mehr-oqibat va hurmat timsoli sifatida keng nishonlanadi. Bu kunda Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasi yod etilib, bugungi kunda safimizda bo‘lgan faxriylar va ustozlarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Xotira — muqaddas, qadrlash esa xalqimizga xos yuksak fazilatdir.
Ushbu sana munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan, uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan marhum ustoz va fidoyi pedagoglar xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi. Ularning ilm-fan, ta’lim va tibbiyot rivoji yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, bugungi kunda universitetda faoliyat olib borayotgan faxriy va yoshi ulug‘ ustozlar e’zozlanib, ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlod tarbiyasidagi fidokorona xizmatlari uchun universitet tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.












SamDTU Matbuot xizmati