O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek «Eng muhim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umum insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat». Obod va farovon jamiyatni yuksak ma'navit va uzluksiz ma'naviy tarbiya orqali ko‘rishimiz mumkin.
Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Klinik farmakologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlari doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Begnayeva M.U. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida quyidagi ishlarni olib boradilar:
- Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish.
Bu vazifalarni amalga oshirish esa biz pedagoglar va professor o’qituvchilar zimmasidadir. Shu maqsadda 2025-2026 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Klinik farmakologiya kafedrasida o‘quv yili davomida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar dasturi mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi isloxatlarga hamoxang tarzda universitetimizda ishlab chiqarilgan reja asosida ishlar olib borilmoqda. Klinik farmakologiya kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’sul ass M.U. Begnayeva tayinlangan.
Haftaning har juma kunlari Klinik farmakalogiya kafedrasida muntazam ravishda «Axborot soati» lari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari har bir oqim talabalari kafedraga kelgan dastlabki kunida kafedra mudiri tomonidan o‘quv jarayoni, ichki tartib intizomlar, kiyinish madaniyati va boshqalar haqida batafsil tushintirish ishlari olib borilmoqda.
Ulashish