Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Klinik farmakologiya kafedrasida 6-kurs pediatriya, 3- va 4-kurs stomatologiya, 5-kurs davolash ishi, 5-kurs farmatsiya, 4-kurs OXI hamda 5-kurs MD talabalari «Klinik farmakologiya» va «Klinik farmatsiya va farmakokinetika asoslari» fanlaridan maxsus fan dasturlari asosida tahsil olishadi. Kafedrada o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish hamda davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari talablarini to‘liq bajarish maqsadida tizimli ishlar amalga oshiriladi. Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv, o‘quv-metodik va tashkiliy faoliyat belgilangan reja asosida olib borildi.
Klinik farmakologiya kafedrasida o‘qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo‘yicha olib boriladi:
– Davlat ta’lim standarti;
– O’quv dasturi;
Ta’lim jarayonida quyidagi pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi:
– O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 80-sonli buyrug‘iga muvofiq joriy etilgan yangiliklar;
– Tasdiqlangan diagnostik mezonlar va standartlar;
– Xalqaro tavsiyalar;
– Zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiyasi va proekt usuli va h.k.).
Klinik farmakologiya kafedrasida o‘quv jarayoni zamonaviy ta’lim talablariga muvofiq tashkil etilib, amaliy mashg‘ulotlar, multimediyali ma’ruzalar, talabalarning mustaqil ta’limi uchun topshiriqlar, amaliy mashg‘ulotlarda muhokama qilinadigan vazifalar hamda oraliq va yakuniy nazorat shakllarini qamrab oladi.
Klinik farmakologiya fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning mustaqil faoliyati va o‘quv-tadqiqot ishlari alohida o‘rin tutadi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar bemorlarni kuratsiya qilish, qo‘llanilayotgan davolash usullarining samaradorligi hamda xavfsizligini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar.
Barcha fakultetlar talabalari uchun ma’ruzalar o‘zbek va rus tillarida multimedia vositalari yordamida o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’ruza materiallari va ularning elektron taqdimotlari mt.sammi.uz ta’lim platformasiga joylashtirilgan bo‘lib, talabalar ulardan mustaqil foydalanish orqali mavzularni yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Xalqaro (MD) dastur talabalari uchun dars va ma’ruzalar assistent-o‘qituvchilar tomonidan to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
Ta’lim jarayonida interaktiv doska, zamonaviy Pentium rusumidagi kompyuterlar, proektor va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalaniladi. Ushbu texnik vositalar yordamida mavzuga oid videomateriallar, taqdimotlar, multimedia dasturlari hamda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar namoyish etilib, o‘quv jarayonining samaradorligi oshiriladi.

Talabalar bilan ishlash
Talabalar uchun fanlardan qo‘shimcha mashg‘ulotlar, maslahatlar va mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatiladi. Iqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish, fan olimpiadalari va turli tanlovlarga tayyorlash ishlari olib boriladi.

