Ilmiy faoliyat va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş masalalariga qaratilgan yiğiliş ötkazildi
Joriy yilning 20-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitet rektori, professor Jasur Rizayev boşçiligida ilmiy faoliyat samaradorligini oşiriş va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda universitetning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltiriş, professor-öqituvçilar va yoş olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallaştiriş, doktorantura va mustaqil izlanuvçilik institutlari faoliyatini rivojlantiriş, dissertatsiya tadqiqotlari sifatini oşiriş hamda xalqaro ilmiy naşrlardagi maqolalar salmoğini köpaytiriş kabi ustuvor yönalişlar muhokama qilindi.
Şuningdek, ilmiy izlanişlarning natijadorligini ta’minlaş, fundamental va amaliy tadqiqotlar örtasidagi uzviy boğliqlikni mustahkamlaş, ilmiy işlanmalarni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etiş hamda istiqbolli ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





SamDTU Matbuot xizmati