“Bağrikenglik haftaligi doirasida” ma’rifiy uçraşuv ötkazildi
Turli millat va elatlarning bir zaminda ahil-inoq yaşaşi, bir-birining tili, madaniyati va qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bölişi xalqimizning asrlar davomida şakllangan ezgu an’analaridan biridir. Ayniqsa, Samarqand azaldan turli madaniyatlar tutaşgan, millatlararo döstlik va hamjihatlik qaror topgan maskan sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
16–21-noyabr kunlari ötkazilayotgan “Bağrikenglik haftaligi” doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Klinik anatomiya va Fiziologiya kafedralari taşabbusi bilan “Millatlararo totuvlik va bağrikenglik — umrboqiy qadriyatlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat uyining turli millat vakillari ham iştirok etib, milliy madaniyatlar rang-barangligi, xalqlar örtasidagi döstlik riştalari hamda özaro hurmat va hamjihatlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv millatlararo totuvlikning nafaqat jamiyat taraqqiyoti, balki insonlar örtasidagi samimiy munosabatlar, özaro işonç va birdamlikni ta’minlaşdagi örnini yana bir bor namoyon etdi. Ayniqsa, bölajak şifokorlar uçun millati, tili va e’tiqodidan qat’i nazar, har bir insonga birdek hurmat va e’tibor körsatiş kasbiy mas’uliyat bilan çambarças boğliq ekani jihatidan mazkur tadbir muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.









SamDTU Matbuot xizmati