“IMKON PLUS” — MEHR VA SAXOVATLI QALBLARNI BIRLAŞTIRGAN XAYRIYA AUKSIONI!
21-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida insonparvarlik va mehr-oqibat ğoyalarini özida mujassam etgan “IMKON PLUS” xayriya auksioni bölib ötdi.
Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamda Samarqand viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Xusan Töxtayev iştirok etdi.
SamDTU talabasi Abduvaliyeva Malikaning Start UP ğoyasi hisoblangan mazkur dastur xayriya auksionida nogironligi bölgan bolajonlarning mehr, sabr-toqat va çeksiz iştiyoq bilan yaratgan betakror ijod namunalari namoyiş etildi. Har bir qöl mehnati mahsulotida bolalarning beğubor orzulari, yorqin tasavvuri va hayotga bölgan çeksiz muhabbati öz aksini topdi.
Ma’lumot uçun: “IMKON PLUS” — nogironligi bölgan yoşlarning ijodiy salohiyati va qöl mehnatini qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatga integratsiyalaşuvini kuçaytirişga qaratilgan ijtimoiy loyiha.
Loyiha doirasida yaratilgan maxsus “IMKON PLUS” veb-platformasi orqali yoşlar öz qöl mehnati mahsulotlarini sotuvga qöyiş, şuningdek, onlayn va oflayn auksionlarda iştirok etiş imkoniyatiga ega böladilar.
Loyihaning asosiy maqsadi — yoşlarning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, ulardan samarali foydalanişga örgatiş, kasb-hunar egallaşi va iqtisodiy mustaqillikka erişişiga kömaklaşiş hamda öz kuçi va imkoniyatlariga bölgan işonçini mustahkamlaşdan iborat.
Auksionning asl mohiyati şunçaki xayriya mablağlarini jamlaş emas, balki har bir bolaning iste’dodini qadrlaş, uning jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşiş va qalbida ertangi kunga bölgan işonçni mustahkamlaşdan iborat böldi.
Tadbir mehr-oqibat, bağrikenglik va ijtimoiy hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylanib, ezgulik yölida birlaşgan insonlarning saxovati va e’tiborini yana bir bor namoyon etdi.
Yakunda bolajonlarga maxsus sertifikatlar hamda kerakli şifokor mutaxassis körigi uçun tekin vauçerlar taqdim etildi.



















SamDTU Matbuot xizmati